12:15 / 15.09.2018
3 686

1:1! Joʻrabek Karimov kuchli raqibga qarshi oʻyinda iroda koʻrsatdi

1:1! Joʻrabek Karimov kuchli raqibga qarshi oʻyinda iroda koʻrsatdi
Kecha tennis boʻyicha norasmiy jahon birinchiligi - Devis kubogida jahon guruhi doirasida Buyuk Britaniya va Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrtasidagi qarama-qarshilik start oldi.

Ilk toʻqnashuvda Denis Istomin Daniel Evansga 6:7, 6:4 6:0 4:6 5:7 hisobida magʻlub boʻlgan edi. Shundan soʻng Joʻrabek Karimov va Kemeron Norrilar oʻzaro hisob-kitob qilishdi.

3 soat 45 daqiqa davom etgan uchrashuvda ATP reytingida 70-oʻrinda borayotgan britaniyalik raketka ustasi 20 yoshli tennischimizga 6:0, 7:5, 6:7, 2:6, 2:6 hisobida magʻlub boʻldi.

Karimov dastlabki ikki setni boy berib, uchinchi setda ham bir necha marta match bollarni bartaraf etishga erishdi va iroda namoyish etib, kuchli raqibi ustidan gʻalabaga erishdi. Buyuk Britaniya - Oʻzbekiston 1:1!

Bugun esa juftlik bellashuvlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 1:1! Joʻrabek Karimov kuchli raqibga qarshi oʻyinda iroda koʻrsatdi