14:48 / 16.09.2018
3 234

“Paxtakor” - “Lokomotiv” bellashuviga keladigan muxlislarni nimalar kutmoqda?

"Пахтакор" - "Локомотив" беллашувига келадиган мухлисларни нималар кутмоқда?
Har ikki jamoa hujumkor futbol namoyish etishni xush koʻradi. Bu esa uchrashuvga boʻlgan qiziqish va uning ahamiyatini yanada oshiradi. Qolaversa, kubok bahslari orqali Osiyo Chempionlar ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritish imkoniyati paydo boʻlishi mumkin.

Bellashuv “Paxtakor” stadionida 18 sentyabr, seshanba kuni soat 20:00da boshlanadi.

Oʻyinga tashrif buyuruvchi ishqibozlar uchun “Paxtakor” futbol klubi ajoyib sovgʻalar tayyorlagan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvdan avval stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlar eʼtiboriga estrada yulduzlari ishtirokida konsert dasturi taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, stadionlarga oilaviy tashrif buyuradigan muxlislar va jajji bolakaylar uchun bir qator qiziqarli attraksionlar tashkil qilinadi.

Tanaffus paytida omadli ishqibozlar 2 dona uyali telefon yutib olish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” - “Lokomotiv” bellashuviga keladigan muxlislarni nimalar kutmoqda?