Bugun Qozogʻiston Premyer-ligasida 26-tur oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.
Hamyurtimiz Server Jeparov faoliyat olib boradigan “Jetisu” klubi safarda “Tobol”ga qarshi bahs olib bordi. Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi - Jeparov mazkur oʻyinni asosiy tarkibda boshladi.
Bugungi uchrashuv Jeparov uchun “Jetisu” safidagi debyut oʻyini boʻlganligini taʼkidlash joiz. Eʼtiborlisi, 80-raqamda oʻynaydigan Server 80-daqiqada penaltidan gol kiritib, raqib darvozasini ishgʻol etishga erishdi. Uchrashuv esa 2:2 hisobi bilan yakuniga yetdi.
Qozogʻiston Premyer-ligasi. 26-tur
“Tobol” - “Jetisu” 2:2
Gollar: Kvekveskiri (32), Nurgaliyev (35) - Stepanyuk (21), Jeparov (80 penaltidan). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi