16:55 / 17.09.2018
3 579

Beyl qaysi savolga javob berishni xohlamadi?

Beyl qaysi savolga javob berishni xohlamadi?
Madridning “Real” klubi vingeri Garet Beyl Xulen Lopetegi jamoaning sobiq ustozi Zinedin Zidandan yaxshimi degan savolga javob berishni istamadi.

“Lopetegining inglizcha gapira olishi menga yordam beradi. Albatta, men ispan tilini ham tushunaman, biroq mashgʻulotlar paytidagi ayrim kerakli soʻzlarni tushunolmay qolaman. Lopetegi Zidandan yaxshiroqmi? Men ushbu savolga javob berishni xohlamayman”, - deydi uelslik futbolchi.

Eslatib oʻtamiz, Beyl Zidan bilan xayrlashmagan “Real”ning yagona futbolchisi boʻlgan edi. Boisi, fransiyalik mutaxassis uni aksariyat hollarda zahirada qoldirar edi. Buning ortidan esa futbolchi va murabbiy oʻrtasida mojaro kelib chiqqandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Beyl qaysi savolga javob berishni xohlamadi?