09:57 / 18.09.2018
3 596

Osiyo Chempionlar Ligasida dastlabki yarimfinalchilar aniqlandi

Osiyo Chempionlar Ligasida dastlabki yarimfinalchilar aniqlandi
Osiyo Chempionlar Ligasi Gʻarbiy hududida 1/4 finalning javob bahslari oʻtkazildi.
Eronning “Persepolis” klubi oʻz maydonida Qatarning “Ad-Duxail” klubini qabul qilib, 3:1 hisobidagi irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi. Dastlabki oʻyinda 0:1 hisobi qayd etilgani bois, eronliklar yarimfinalga yoʻl olishdi.

Qatarning “As-Sadd” klubi Eronning “Istiqlol”ini qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangni qayd etdi. Dastlabki oʻyinda qatarliklar 3:1 hisobida gʻalaba qozongani bois, ular yarimfinalga yoʻl olishdi.

Endi “As-Sadd” keyingi bosqichda Eronning yana bir klubi “Persepolis” bilan bellashadi.

OCHL, 1/4 final, javob bahslari
Gʻarbiy hudud


17 sentyabr
Persepolis (Eron) - Ad-Duxail (Qatar) - 3:1
Gollar:
Husayniy (57), Al-Burayk (76 avtogol), Mensha (78) - Budiaf (33)
Dastlabki oʻyin: 0:1

As-Sadd (Qatar) - Istiqlol (Eron) - 2:2
Gollar:
Afif (27), Bunedjah (90+2 pen) - Baqiriy (32), Tabriziy (49)
Chetlatish: Chashmiy (50, Istiqlol)
Dastlabki oʻyin: 3:1

Sharqiy hudud:
18 sentyabr
Tyanszin Syuanzyan (Xitoy) - Kashima Antlers (Yaponiya)
Dastlabki oʻyin: 0:2

19 sentyabr
Suvon Samsung Blyuuingz (Janubiy Koreya) - Chonbuk Motors (Janubiy Koreya)
Dastlabki oʻyin: 3:0

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Chempionlar Ligasida dastlabki yarimfinalchilar aniqlandi