Oʻzbekiston kubogining chorak finalidan oʻrin olgan “Paxtakor” - “Lokomotiv” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
21-daqiqada burchak toʻpidan soʻng Sherzod Aʼzamov boshi bilan zarba berdi, Nesterov toʻpni qaytardi, qaytgan toʻpni Yegor Krimes boshi bilan darvozaga joylab qoʻydi - 1:0.
53-daqiqada Gonsalveshning havodan uzatgan toʻpini Tiago Bezerra darvozaga yoʻlladi - 2:0.
82-daqiqada Tiago Bezerra birga bir vaziyatda toʻpni Nesterovning ustidan tashlab qoʻydi - 3:0.
89-daqiqada Igor Sergeyev oʻng qanotdan Yaxshiboyev uzatgan toʻpni darvozaga yoʻlladi - 4:0.
Oʻyinda “Paxtakor” gʻalaba qozondi va yarim finalga chiqdi.
1/4 final. 18 sentyabr
“Paxtakor” – “Lokomotiv” 4:0
Gollar: Yegor Krimes 21, - 1:0. Tiago Bezerra 53, - 2:0. Tiago Bezerra 82, - 3:0. Igor Sergeyev 89, - 4:0.
“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod Aʼzamov, Azimjon Ahmedov (Vladimir Kozak, 70), Dilshod Rahmatullayev (Jahongir Ahmadov, 66), Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboyev, 82), Ismoil Gonsalvesh (Igor Sergeyev, 78), Yegor Krimes, Farrux Sayfiyev, Dragan Cheran (Jamshid Iskanderov, 85), Tiago Bezerra
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Xojiakbar Alijonov, Bahrom Abdurahimov, Kamoliddin Tojiyev,
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze (Diyor Turopov, 84), Sadriddin Abdullayev, Ikrom Aliboyev, Temurxoʻja Abduxoliqov (Sardor Rashidov, 58), Sardor Mirzayev (Husniddin Gʻofurov, 72), Islom Toʻxtaxoʻjayev, Sanjar Shoahmedov (Azizbek Omonov, 90), Oleg Zoteyev, Anzur Ismoilov, Igor Yelich
Zaxira: Maʼmur Ikromov, Nikolay Pogrebnyak, Idris Bikmaykin, Alisher Shogʻulomov, Farrux Ibrohimov
Ogohlantirishlar: Eldorbek Suyunov 42, Islom Toʻxtaxoʻjayev 48, Farrux Sayfiyev 60, Vladimir Kozak 74.
Chetlatish: Sadriddin Abdullayev 42. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?