06:00 / 19.09.2018
3 392

“Barselona” oʻzida “PSV”ga 4 ta gol urdi. Messidan xet-trik!

“Barselona” oʻzida “PSV”ga 4 ta gol urdi. Messidan xet-trik!
Yevropa Chempionlar ligasi 1-turidan oʻrin olgan “Barselona” – “PSV” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Kamp Nou”da boʻlib oʻtgan oʻyin mezbonlarning gʻalabasi bilan tugadi.

Uchrashuv mezbonlarning hujumlari bilan boshlandi. 31-daqiqada Lionel Messi jarima zarbasini mohirlik bilan ijro etdi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

74-daqiqada Usmon Dembele ikkita himoyachini aldab oʻtgan holda qulay vaziyatga chiqib bordi va darvozani aniq nishonga oldi. Oradan koʻp oʻtmay Ivan Rakitich jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi, u yerda paydo boʻlgan Messi toʻpni darvoza tomon burib yuborib dublini nishonladi.

79-daqiqada Samuel Umtiti eyndxovenliklar vakili Irving Losanoga nisbatan qoʻpol oʻynadi va ikkinchi sariq kartochkasini olib maydoni tark etdi.

Oʻyin tugashi arafasida Luis Suares toʻpni jarima maydoniga tashlab berdi, toʻpni qabul qilib olgan Messi uni darvozabonning ustidan oshirib darvozaga joylab qoʻydi va xet-trik qayd etdi.

Shu tariqa, “Barselona” musobaqani yirik gʻalaba bilan boshladi.

YECHL, 1-tur

Barselona (Ispaniya) – PSV (Gollandiya) 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar:
1:0 – 31 Messi, 2:0 – 74 Dembele, 3:0 – 77 Messi, 4:0 – 87 Messi.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Umtiti, Rakitich (Vidal, 85), Buskets, Koutino (Langle, 81), Dembele (Artur, 83), Messi, Suares.
PSV – Zut, Shvaab, Tasende, Dumfris, Virgever (Izima-Miren, 66), Xendriks, Pereyro, Losano, Rosario (Gutyerres, 82), Bergveyn (Malen, 78), de Yong.

Ogohlantirishlar: Virgever (30), Umtiti (55), de Yong (57).
Chetlatish: Umtiti (79).

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” oʻzida “PSV”ga 4 ta gol urdi. Messidan xet-trik!