09:26 / 19.09.2018
3 264

“Inter” soʻnggi daqiqalardagi ikki gol evaziga “Tottenxem”dan gʻalabani tortib oldi

“Inter” soʻnggi daqiqalardagi ikki gol evaziga “Tottenxem”dan gʻalabani tortib oldi
Yevropa Chempionlar ligasi 1-turidan oʻrin olgan “Inter” – “Tottenxem” uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi. “Juzeppe Meassa” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyin mezbonlarning irodali gʻalabasi bilan tugadi.

Oʻyinning birinchi boʻlimi teng kurashlar ostida kechdi va ikki jamoada ham bir nechta xavfli vaziyatlar boʻldi. milanliklar koʻproq hujum qilgan boʻlsalarda, biroq yaqqol imkoniyatdan Xarri Keyn foydalana olmadi.

Ikkinchi boʻlib debyutida Kristian Eriksen londonliklarni oldinga olib chiqdi: Eriksenning dastlabki zarbasini Xandanovich bartaraf etishga eishdi, biroq qaytgan toʻp yana daniyalik futbolchiga kelib tushdi va bu safar Kristianning zarbasi Mirandaga tegib darvozadan joy oldi.

86-daqiqada Kvadvo Asamoa qanotdan tezlik oldi va toʻpni jarima maydoniga uzatdi, u yerda Mauro Ikardi toʻpni raqib darvozasiga joylab qoʻydi.

Hakam tomonidan qoʻshib berilgan vaqtning ikkinchisida Matias Vesino Falero standart vaziyatdan soʻng boshi bilan toʻpni darvozaning burchagiga joylab qoʻydi va jamoasiga gʻalaba olib keldi.

Shu tariqa, milanlik turnirni gʻalaba bilan boshladilar. Pochettino shogirdlari esa yana bir bor italyan klubidan alamli magʻlubiyatni qabul qilib oldilar.

YECHL, 1-tur

Inter (Italiya) – Tottenxem (Angliya) 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar:
0:1 – 53 Eriksen, 1:1 – 85 Ikardi, 2:1 – 90+2 Vesino.

Inter – Xandanovich, Miranda, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Nainggolan (Valero, 89), Brozovich, Perishich (Kandreva, 64), Vesino, Politano (Keyta Balde, 72), Ikardi.

Tottenxem – Dorm, Sanches, Devis, Orye, Vertongen, Dembele, Dayer, Lamela (Uinks, 72), Eriksen, Keyn (Rouz, 90), Son Hin Min (Lukas Moura, 64).

Ogohlantirishlar: Shkrinyar (21), Sanches (38), Perishich (43), Vertongen (51), Vorm (82).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Inter” soʻnggi daqiqalardagi ikki gol evaziga “Tottenxem”dan gʻalabani tortib oldi