15:23 / 20.09.2018
3 307

Meyvezer yana qaytmoqda yoxud bokschi bundan nimani koʻzlamoqda? (foto)

Meyvezer yana qaytmoqda yoxud bokschi bundan nimani koʻzlamoqda? (foto)
41 yoshli amerikalik kichik Floyd Meyvezer boks tarixida eng koʻp daromad qilish boʻyicha rekordchi hisoblanadi, ammo u hali toʻxtamoqchi emas. Soʻnggi yillarda u bitta jangi uchun 100 million dollardan kam ishlayotgani yoʻq. Oʻtgan yili u “asr jangida” MMA jangchisi Konor Makgregor bilan kuch sinashdi va u bu bilan cheklanib qolmoqchi emas.

Uzunquloq gaplarga koʻra, Meyvezer va Makgregor revansh jang tashkil qilishmoqchi, ammo Konor yakunda UFCga qaytib, 8 oktyabr kuni rossiyalik Xabib Nurmagomedov bilan kuch sinashadi. Koʻrinib turibdiki, bu yili Makgregorning boks qoidalari boʻyicha jang oʻtkazishi haqiqatdan ancha yiroq. Meyvezer esa vaqtni qoʻldan bermoqchi emas.

Shunday boʻlsada, Floydning soliq organlari va kreditorlar bilan rekord gonorarlari muammolari oxirigacha hal etilmagan. Bundan tashqari vaqt ham Meyvezerning yosharishiga xizmat qilmayapti, shuning uchun u tezroq urushib qolishi kerak.

Bu vaziyatda amerikalik bokschining menejerlari faqatgina chiroyli afishalarga emas, balki millionlab sogʻingan muxlislaridan foydalanishni oʻylashgan. Shunday ekan, biz dekabr oyi boshida yarim oʻrta vazn toifasining eng nomdor bokschilari – Floyd Meyvezer va 39 yoshli filippinlik Menni Pakyao oʻrtasidagi qarama-qarshilikka guvoh boʻlamiz. Jang ushbu hafta rasman eʼlon qilinishi kutilmoqda.

9 xonali (raqamli) chek

Meyvezer 2015 yil 2 may kuni aynan Pakyaoga qarshi boks tarixidagi eng serdaromad jangni oʻtkazgan edi. Bu jangdagi umumiy daromad 500 million dollardan oshib ketgan, shundan yarmi Meyvezerga tekkan boʻlsa, Menni 140 million dollar atrofida ishlab olgan. Bu koʻrsatgichlar hozir yangilanmasligi aniq. Ikkala bokschining faoliyatidagi bu “revansh” allaqachon buning ichiga kirib ketgan. Bundan tashqari 2015 yildagi ularning birinchi toʻqnashuvi 12 raund davom etib, juda zoʻr tomoshabopligi bilan ajralib turmadi va yakunda hakamlar Meyvezerga gʻalabani taqdim qildi, ammo yangi uchrashuv har qanday holatda oʻziga katta eʼtibor tortadi va garchi oldingidagiday boʻlmasada, yaxshigina mablagʻ ishlab olish uchun bir variant.

– Men bu yili Pakyao bilan jang qilish uchun qaytyapman. Yana bitta 9 xonali (raqamli) mablagʻ, – deb yozadi Floyd oʻzining Instagram sahifasida.

– 50:1, – deya zarba berdi filippinlik bokschi. U bu bilan mashhur raqibining professional faoliyatidagi ilk magʻlubiyatiga ishora qilmoqda. Menni shuningdek, #NoExcuses xeshtegidan ham foydalangan (“hech qanday tuzatish yoʻq”).

– Hozircha gap biz dekabrda koʻradigan revansh jang haqida ketmoqda. Joy va sanaga aniqlik kiritilmoqda. Bu jang har qanday havaskor bokschiga qiziq, chunki uni oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilingan, – deya Pakyaoning promouteri Bob Arum soʻzlarini keltiradi TASS nashri.

Aytganday, boʻlajak toʻqnashuv Amerikada boʻlib, translyatsiyasi PPVda sotilishi borasida hech kimda hech qanday shubha boʻlmasa kerak.

Oʻxshash jihatlar

Pakyao 2016 yildan beri AQSHda jang qilmayotir va hattoki, janglarning birini Rossiyada oʻtkazish borasida muzokaralar ham qilib koʻrdi. Soʻnggi vaqtlarda uning eʼtiborining katta qismini Filippindagi siyosiy faoliyati band qilmoqda.

Iyulda Lukas Matisse ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng u yana uchta jang oʻtkazishga tayyorligini maʼlum qilgan va shundan soʻnggina professional ringdagi chiqishiga yakun yasashini taʼkidlagan edi. Sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni anchadan beri oʻzining eng yaxshi sport formasini namoyish qila olmayapti. Soʻnggi 10 jangdan 4 tasida magʻlubiyatga uchrashi bundan dalolat beradi.

Meyvezer 2015 yilda faoliyatini yakunlagan, ammo ikki yil oʻtib, MMA jangchisi Konor Makgregor bilan boks qoidalari boʻyicha urushish uchun ringga qaytdi. Koʻpchilik bu jang sport nuqtai nazardan emas, balki pul ishlab olish qilingan toʻqnashuv boʻlganini taxmin qilishadi, xuddi sirkdagi kabi. Floyd soʻzsiz favorit edi va 10-raundda texnik nokaut bilan gʻalaba qozondi.

Pakyao esa raqib sifatida Makgregorga qaragandan jiddiyroq hisoblanadi. Ayniqsa, yoshi oʻtib borayotgan va soʻnggi uch yilda deyarli katta ringlarga chiqmayotgan sportchi uchun. Ammo Floydning Mennini yutish imkoniyatlari koʻp deb boʻlmaydi.

Hozirda Meyvezer va Pakyao revansh borasida oʻzaro kelishib olishganligi haqida OAVda ancha shov-shuvga sabab boʻlmoqda. Unga koʻra, bokschilar Yaponiyadagi musiqa festivalida uchrashishmoqchi. Biroq ularning agentlari superjang shartlari borasida hali muzokaralar qilish kerakligini aytishmoqda. Shu bilan parallel ravishda Pakyao Amir Xan, Terens Krouford va Edrien Broner bilan ham muzokaralar olib bormoqda. Bu bilan filippinlik bokschi oʻziga qulay shartlarni qidirayotganligi fakt ekanligi aytilmoqda.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Meyvezer yana qaytmoqda yoxud bokschi bundan nimani koʻzlamoqda? (foto)