23:26 / 21.09.2018
4 396

Oʻzbekiston – KXDR oʻyini 13 oktyabr kuni Toshkentda oʻtkaziladi

Oʻzbekiston – KXDR oʻyini 13 oktyabr kuni Toshkentda oʻtkaziladi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan maksimal tarzda foydalanib, 2 ta terma jamoa bilan Toshkentda oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish borasida kelishuvga erishgani haqida avval xabar berib oʻtgandik.

6 sentyabr kuni Suriya, 11 sentyabr kuni esa Eron terma jamoasi bilan bellashgan Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz, 13 oktyabr kuni soat 20:00 da Toshkentdagi “Milliy” stadionida KXDR terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

16 oktyabrda oʻtkazilishi moʻljallangan Oʻzbekiston – Qatar milliy terma jamoalari oʻrtasidagi bahs ham soat 20:00 da “Milliy” stadionida oʻtkaziladi.

OʻFA Osiyo kubogi hamda 2022 yil Qatarda boʻlib oʻtadigan Jahon chempioantlari saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik doirasida navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish uchun muzokaralar olib borishda davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, Osiyo Kubogi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston “F” guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston – KXDR oʻyini 13 oktyabr kuni Toshkentda oʻtkaziladi