20:33 / 22.09.2018
4 523

Bugun Shahram Gʻiyosov “Uembli”da jang oʻtkazadi

Bugun Shahram Gʻiyosov “Uembli”da jang oʻtkazadi
Havaskor boksda jahon chempioni, Olimpiya oʻyinlari sovrindori, ayni paytda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov bugun London shahridagi mashhur “Uembli” stadionida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi.

Jangda hamyurtimizga nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qiladi.Maʼlumot uchun, Shahram shu kungacha prof ringda toʻrt marotaba jang qilib, ularning barchasida gʻalaba qozongan (3 tasi nokaut). Laguna esa 14 ta jang oʻtkazgan va ularning barchasida gʻolib boʻlgan. 10 ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.

Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadigan jang “UzReport” telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Shahram Gʻiyosov “Uembli”da jang oʻtkazadi