22:55 / 22.09.2018
3 233

Superliga. “Paxtakor” oʻz uyida “Buxoro”ni magʻlub etdi (video)

Суперлига. "Пахтакор" ўз уйида "Бухоро"ни мағлуб этди (видео)
Superliga 24-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” - “Buxoro” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda mezbonlarning qoʻli baland keldi.

Ikkinchi boʻlim debyutida Shavkat Mullajonov oʻz jarima maydoni ichida raqib futbolchisini toʻxtatib qoldi, buning natijasida belgilangan penaltini Ismoil Gonsalvesh aniq bajarib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Oradan koʻp vaqt oʻtmay oʻng qanotdan uzatilgan toʻpni Farrux Sayfiyev yaqin masofadan darvozaga joylab qoʻydi va hisobni oshirdi. Oʻyin yakunlanishi arafasida Shahboz Erkinov hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻldi.

Superliga, 24-tur

“Paxtakor” – “Buxoro” 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar:
1:0 – 58, penalti Gonsalvesh, 2:0 – 60 Sayfiyev, 2:1 – 80 Erkinov.

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimes, Sherzod Aʼzamov (s), Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullayev, Jaloliddin Masharipov (Igor Sergeyev, 90), Ismoil Gonsalvesh (Jasur Yaxshiboyev, 82), Dragan Cheran (Jamshid Iskanderov, 76), Tiago Bezerra.

“Buxoro”: Asilbek Omonov, Boburjon Omonov (Qahramon Bahodirov, 56), Salamat Quttiboyev, Shavkat Salomov (Arslonmurod Omonov, 62), Sanʼat Shixov, Behruz Shodmonov, Akobir Toʻrayev (Shahboz Erkinov, 46), Shavkat Mullajonov, Ergash Ismoilov, Mirjalol Jumayev, Javohir Qahramonov.
Ogohlantirishlar: Toʻrayev 22, Salomov 33, Bahodirov 63, Erkinov 79.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Paxtakor” oʻz uyida “Buxoro”ni magʻlub etdi (video)