06:30 / 23.09.2018
3 009

Ronaldu UYEFA oʻzini taʼqib qilmoqda deb hisoblayapti

Ronaldu UYEFA oʻzini taʼqib qilmoqda deb hisoblayapti
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Valensiya”ga qarshi Chempionlar Ligasi oʻyinida maydondan chetlatilishida aybdorlarni topdi.

Futbolchining fikriga koʻra, Mestalya stadionidagi mojaro tasodif emas, bunda UYEFAning ham “qoʻli” bor. Monakoda oʻtkazilgan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimiga kelmagani uchun, tashkilot undan aynan shu tarzda oʻch olmoqda, deb yozadi Kun.uz.

Bundan tashqari, “Oltin toʻp”ning 5 karra sohibi “Real”ni tark etganidan soʻng, unga boʻlgan munosabat oʻzgarganini his qilyapti. Madrid klubida oʻynab yurganida Ronaldu 20 ga yaqin marta shunga oʻxshash tajovuzkor harakatlarni qilgan, ammo biror marta maydondan chetlatilmagan edi.

24 sentyabr kuni Londonda FIFA yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini oʻtkazadi. Agar Ronaldu gʻalaba qozonmasa, mulozimlarni noxolislikda ayblashi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu UYEFA oʻzini taʼqib qilmoqda deb hisoblayapti