10:24 / 23.09.2018
4 914

Albatta oʻqing! Xabib va Konorning dahanaki matbuot anjumani (toʻliq versiya)

Albatta oʻqing! Xabib va Konorning dahanaki matbuot anjumani (toʻliq versiya)
Aralash qoidalar boʻyicha yengil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor oʻrtasida oʻtkazilgan matbuot anjumani uzoq kutilgan tadbir sifatida eʼtirof etildi.

Chindan ham matbuot anjumani yaxshigina shov-shuvga sabab boʻldi.

Raqib haqida (Xabibning fikrlari):

“Men bu jangga xuddi soʻnggi jangimga chiqqandek taassurot bilan yondashyapman. Oʻylaymanki, Konor 6 oktyabr oqshomini uzoq eslab yuradi. Oʻsha tun u uchun uzoq davom etadi”.

Konorning tugʻilgan kuniga ichish uchun taklif qilgan viskisiga munosabat:

“Men ichkilik ichmayman. Hech qachon bu harom narsani ichmaganman”

Xotirjamligi haqida:

“Men xotirjamlikni saqlashda davom etaman. Jang sanasi va manzilini bilaman. Oltinchi oktyabr!”.

Konor bilan yuzaga kelgan nizo haqida:

Xabib: Konor, sen 2014 yili Tvitter tarmogʻidagi yozishmalarimizni eslaysanmi?

Konor: Jin ursin sening yozganlaringni.

Xabib: Nima uchun oʻshanda hamma savollarga javob bermaganding?

Konor: Men hozir shu yerdaman! Shuning oʻzi senga yetmaydimi?

Xabib: Oʻtir joyingga! Biz sen bilan 6 oktyabr kuni oktagonda gaplashib olamiz

Konor: Ha, ha, men ham ushbu sanani orziqib kutyapman. Lekin har doimgidek, ha, takror aytaman, har doimgidek jangda turli bahonalar bilan ishtirok eta olmasligingdan qoʻrqyapman. Yaratgandan oʻzingga toʻzim soʻra.

Xabib: Kim jangda ishtirok etmaydi? Joyingdan qimirlamay oʻtir, turib ketavermasdan. Odamga oʻxshab gaplash.

Konor: Men gapirishni istamayman, men jang qilishni xohlayman.

Xabib: Esingdami, avtobusga axmoqlarcha hujum qilganingda, doʻstingni doʻpposlagandim. Nima uchun, oʻshanda bunga javob bermading? Nega SMS yubormading? Sen qoʻrqoqsan!

Konor: Agar oʻshanda avtobusdan tashqariga chiqqaningda, murdaga aylangan boʻlarding. Sen avtobusning ichidayoq kiyimingni “hoʻl” qilib boʻlganding.

Xabib: Nima uchun oʻsha kuni oʻzing bilan 40 kishini boshlab kelding? Chunki, bir oʻzing kelishga qoʻrqqansan. Vaholanki, sen bir oʻzim boʻlishimni bilgansan. Nimaga shuncha qoʻriqching bilan kelding? Xoʻp, nima oʻzgardi? Hech narsa! Biz 6 oktyabr kuni holingga maymunlar yigʻlashini kuzatamiz.

Konor: Ovozingni oʻchir!

Motivatsiya haqida:

Xabib: Men seni yana qayta boksga joʻnataman. Chunki, sen yakkakurash turlarini yaxshigina oʻzlashtirgan elit toifasidagi sportchilar bilan jang qilishga qodir emassan. Sen shu kungacha “mayda jangchilar”ni yutib kelgansan. Sening yakkakurashdan biliming nol!

Konor: Kel, shubhang boʻlsa kurashib koʻramiz, bolakay!

Xabib: Bunga oz qoldi.

Konor: Ha, ha, albatta. Juda oz qoldi. Nimaga qodir ekanligingni bir koʻray.

Xabib: 6 oktyabr kungi jangdan soʻng sen boksga qaytasan.

Konor: Meni toʻgʻri tushuninglar, boksdan men yaxshigina pul ishlab oldim...

Xabib: Tushunaman, sen pul uchun kelgansan. Mening esa maqsadim boshqa.

Konor: Menda yetarlicha pul bor. Aslida bu yogʻiga ishlamasam ham boʻladi. Nima uchun sen Magomedovdan pul olasan? Uni Putin “yopib” qoʻygandiku!

Xabib: Albatta. Yoʻq, men gapiraman...

Konor: Nimadir ayt. Nimaga Putin Magomedovni hibsga oldi?

Xabib: Nima haqida gapiryapsan?

Konor: Putindan homiyingni ozod qilishini soʻramaysanmi?

Xabib: Men sening ingliz tilingni tushunmayapman.

Konor: Albatta, sen ingliz tilini tushunmaysan. Sen - yolgʻonchi kalamushsan! Men - rostgoʻyman! Pul uchun jang qilmasligingni aytding. Kim ishonadi bu gapingga.

Xabib: Men rostdan ham sening soʻzlaringni tushunmayapman.

Konor:... Sen oʻzingni Don deb oʻylaysanmi, u hozir panjara ortida oʻtiribdi. Oʻzingga bir qara. Xa-xa-xa. Puling qolmabdi-ku!

Xabib: Sen klounning oʻzisan! Boshqa taʼrif bera olmayman.

Floyd Meyvezerning ogohlantirishi haqida:

Xabib: Men MMAdagi Floyd Meyvezerman.

Konor: Ovozingni oʻchir! Sening oxirgi janging sharmandadan boshqa narsa emasdi.

Xabib: Men UFCdagi yetakchi chempionman. Bu 9 oy ichida oʻtkazgan uchinchi jangim boʻladi. Magʻlubiyatsiz 26ta gʻalabali seriya. Umuman magʻlubiyatga uchramaganman. Xatto bitta raundni ham boy bermaganman. Tushunmayman, oʻzi nima haqida gapiryapsan. Viski 6 oktyabr kuni senga yordam beradi, deb oʻylayapsanmi?

Parterdagi rejalar haqida:

Xabib: Men uni charchashga majbur qilaman. Bu vaziyatda esa taslim boʻlishda oʻzga chora topa olmaydi. U boksga ketdi. Oqibati nima boʻldi? Sharmandalarcha yutqazdi. Uning magʻlubiyatlari soni uchtani tashkil qilmoqda.

Manba: olamsport.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Albatta oʻqing! Xabib va Konorning dahanaki matbuot anjumani (toʻliq versiya)