16:53 / 23.09.2018
2 937

Pepning yangi “sehrli tayoqchasi” kim?

Pepning yangi “sehrli tayoqchasi” kim?
Manchesterga kelgach, u yangi mamlakatga (sovuq ob-havo), yangi jamoasiga va madaniyatiga, albatta Pep Gvardiola taktikalariga moslashishi uchun vaqt talab qilinardi.

Bernardo Silva qatorasiga ikki marta chempionatni ikki klub safida yutib olgan. Ikkala klubning saviyasi turlicha boʻlgani ham ahamiyatga sazovor.

2016-17-yilgi mavsumda “Monako” safida u muhim figura boʻldi. 1 Ligani yutib olishda asosiy futbolchilardan biri sifatida mukammal mavsumni oʻtkazishga muvaffaq boʻlgandi.

Keyinchalik uning katta pullar evaziga “Manchester Siti”ga oʻtishi ortidan portugaliyalik iqtidor egasi Manchesterda milliy chempionatni yutib oldi. Biroq Pep Gvardiola shogirdlari 100 ochkolik dovonni bosib oʻtishida uning xizmatlari arzimas boʻldi.

Koʻp taraflama bu tushunarsiz holat. 2016-17-yilgi mavsumda Silva Leonardo Jardim qoʻli ostida uchinchi mavsumini oʻtkazdi. U mamlkatni, klubni va muhimi taktikani juda yaxshi bilardi. Xullas ancha pishgandi.

Manchesterga kelgach, u yangi mamlakatga (sovuq ob-havo), yangi jamoasiga va madaniyatiga, albatta Pep Gvardiola taktikalariga moslashishi uchun vaqt talab qilinardi.

U Premyer Ligada 35 uchrashuvda (15 oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan) 1520 daqiqaga ega boʻldi. Uning “Monako”dagi faoliyatiga solishtirsak, u 1 Ligada 37 oʻyinda (33 marta asosiy tarkibdan) 2800 daqiqalik oʻyin amaliyotiga ega boʻldi. Shu sababli ham uning “Manchester Siti”dagi kelajagiga ishonch bor deb bemalol aytishimiz mumkin.

Biroq buni keragi yoʻq, Silva moslashib boʻldi, u Angliyani shturm bilan qoʻlga olishga tayyor.

Bunga Kevin De Bryuynening jarohat olgani katta imkoniyat yaratdi.

Silvaning “Monako”dagi roli 4-2-2-2 oʻyin sxemasida oʻng qanot vingeri vazifasi edi. Bunda portugaliyalik futbolchi maydonning yarmida Djibril Sidibe bilan hamkorlikda raqib darvozasi tomon xavf solish yoʻllarini qidirib topish edi. “Etihad”dagi ilk mavsumida ham u 4-3-3 oʻyin uslubida oʻng qanot vingeri pozitsiyasida harakat qildi. Gvardiola qoʻli ostida uning boshlangʻich pozitsiyasi kengroq edi.

Uning kelajagi yana boshqa joylarda boʻlishi mumkin, biroq uning oʻng qanot vingeri boʻlishi unga kafolatlangan daqiqalarni berishi aniq. Qoʻshimchasiga yozda Riyod Mahrezning – chapaqay oʻng qanot vingeri kelib qoʻshilishi undan koʻra koʻproq Rahim Sterling va Leroy Sanega xavf tugʻdiradi. Gvardiola rejalariga koʻra Silva oʻng qanot vingeridan uzoqlashtirilsa kerak.

Community Shield turnirida Silva markaziy yarim himoyada Fil Fodenning yonida paydo boʻldi.

Bu Pep undan oldin David Silvaga nisbatan amalga oshirgan navbatdagi evolyutsiyasi deyishimiz mumkin. Portugaliyalik futbolchi yarim himoyachi vazifasida oʻynashga qodir, biroq unutmaslik kerakki, Pep Gvardiola tayanch yarim himoyachisini jahon saviyasidagi himoyachiga aylantirgan. Demak, odatiy qoidalar bu yerda ishlamaydi.

Fakt shuki, Gvardiola taktikasida, markaziy yarim himoyasida oʻynash Bernardo uchun ideal pozitsiya hisoblanadi. Haqiqiy vinger boʻlish uchun tezlik va bardosh yetmaydi. Monegasklar safida ham u yarim himoyadan turib oʻynardi.

U oʻzi bilmagan holda ushbu rol uchun butun faoliyati davomida tayyorlanib keldi. Gvardiolaning yarim himoyasida u undan talab qilingan ishni ajoyib tarzda bajarmoqda.

Bir yillik moslashuvdan keyin u Premyer Liganing jismoniy tajovuzlariga qarshi qanday harakatlanish kerakligini biladi. De Bryuyne safga qaytganida Bernardo Silva dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisiga aylnib boʻlgan boʻladi.

Manba: Sports.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pepning yangi “sehrli tayoqchasi” kim?