20:22 / 23.09.2018
3 826

2019-2020 yillar uchun OCHLda Oʻzbekistonga 1+2 kvota ajratildi

2019-2020 yillar uchun OCHLda Oʻzbekistonga 1+2 kvota ajratildi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tashkilotga aʼzo mamlakatlar assotsiatsiyalaridan kelasi ikki mavsum davomida qitʼaning klublar miqiyosidagi nufuzli musobaqalari Osiyo Chempionlar Ligasi hamda OFK kubogida qatnashadigan klublar soniga aniqlik kiritib oldi va bu haqda 46 ta aʼzo assotsiatsiyalarini xat orqali xabardor qildi.

Unga koʻra, 2019-2020 yillarda boʻlib oʻtadigan Osiyo Chempionlar Ligasida Oʻzbekistonga 1+2 koʻrinishida yoʻllanmalar ajratildi. Xatda qayd etilishicha, mazkur yoʻllanmalar OFKning 2017 yil 15 dekabrdagi sirkulyarida belgilangani kabi OFK klublar oʻrtasidagi musobaqalar reytingiga asoslandi va bunda milliy terma jamoa natijalari 10 foiz ulushni, klublarning OFK musobaqalaridagi natijalari esa 90 foiz ulushni tashkil etdi.

OFKning klublar oʻrtasidagi musobaqalar reytingi qitʼa chempionlar ligasi hamda OFK kubogida mamlakatlar klublarining muvaffaqiyatli ishtirokiga qarab yangilab boriladi. 2019-2020 yillar uchun kvotalar ajratilgan dastlabki reytingda Oʻzbekiston 43.305 reyting ochkosi jamgʻargan holda Osiyoda 9-oʻrinda qayd etildi. Gʻarb mitaqasida BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar va Erondan soʻng 5-oʻrin band etildi. Bu esa Oʻzbekiston chempionining kelasi ikki yil davomida OCHL guruh bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl olishini taʼminlaydi. Oʻzbekiston kubogi sohibi hamda Superligada 2-oʻrinni qoʻlga kiritadigan jamoalar esa OCHL saralashining ikkinchi bosqichidan kurashga kirishish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Taʼkidlash joizki, OFK klublar oʻrtasidagi musobaqalar reytingidan kelib chiqqan holda yoʻllanmalarni taqsimlab chiqdi. Qaysidir aʼzo mamlakat assotsiatsiyasi klublari biror sabab bilan (masalan, litsenziyalashdan oʻta olmay) qitʼa miqiyosidagi musobaqalardan chetlashtirilsa, yoʻllanmalar sonida oʻzgarishlar boʻlishi mumkinligi qayd etilgan. Shu sababdan OCHL hamda OFK kubogi qatnashchilari yoʻllanmalarining yakuniy roʻyxati dekabr oyi boshida OFK tomonidan eʼlon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 2019-2020 yillar uchun OCHLda Oʻzbekistonga 1+2 kvota ajratildi