20:52 / 23.09.2018
3 525

Superliga. “Lokomotiv” oʻz maydonida “Bunyodkor”ni magʻlub etdi (video)

Суперлига. "Локомотив" ўз майдонида "Бунёдкор"ни мағлуб этди (видео)
Superliganing 24-turi doirasidagi “Lokomotiv” - “Bunyodkor” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Oʻyinning 3-daqiqasida maydon egalari hisobni ochishdi. Oleg Zoteyev chap qanotdan toʻpni jarima maydoni ichiga oshirdi, Abduxoliqovning birinchi zarbasini Sultonov qaytardi, ikkinchi zarba esa golga aylandi - 1:0.

34-daqiqada Ibrohimovning zarbasini Gʻiyosov darvozaga toʻgʻrilab qoʻydi - 1:1.

50-daqiqada Muhammadiyev-Maxaradze kombinatsiyasini Husniddin Gʻofurov gol bilan yakunladi - 2:1.

Superliga / 24-tur

“LOKOMOTIV” – “BUNYODKOR” 2:1
Gollar:
Temurxoʻja Abduxoliqov 3, - 1:0. Xurshid Gʻiyosov 34, - 1:1 (Javlon Ibrohimov). Husniddin Gʻofurov 50, - 2:1 (Kaxi Maxaradze).

“Lokomotiv”: 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze (77. Diyorjon Turopov, 80), 20. Islom Toʻxtaxoʻjayev, 33. Oleg Zoteyev, 55. Anzur Ismoilov, 9. Ikrom Aliboyev, 88. Igor Yelich, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 22. Sanjar Shoahmedov, 19. Husniddin Gʻofurov (14. Aziz Amonov, 63), 11. Temurxoʻja Abduxoliqov (74. Alisher Shogʻulomov, 75).

Zaxira: 12. Maʼmur Ikromov, 23. Idris Bikmaykin, 21. Nikolay Pogrebnyak, 86. Bobur Ergashev, 80. Farruh Ibrohimov.

“Bunyodkor”: 32. Suxrobjon Sultonov, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov, 5. Dilshod Joʻrayev, 7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 8. Jovlon Ibrohimov, 9. Shaxzodbek Nurmatov (99. Filipp Rayevas, 71), 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxoʻjayev, 30. Xurshid Gʻiyosov (14. Mirjahon Mirahmadov, 83), 44. Mirjamol Qosimov (10. Abdulla Abdullayev, 63).

Zaxira: 25. Murodjon Zuxurov, 3. Islomjon Qobilov, 13. Sanjar Qodirqulov, 15. Farruh Ikromov, 20. Mirgʻiyos Sulaymonov, 77. Azizbek Haydarov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Lokomotiv” oʻz maydonida “Bunyodkor”ni magʻlub etdi (video)