00:41 / 26.09.2018
3 883

Ana xolos! “Paxtakor” OʻFAga shikoyat yozib berdi

Ана холос! "Пахтакор" ЎФАга шикоят ёзиб берди

Superliga doirasida “Paxtakor” oʻz maydonida “Buxoro”ni qabul qildi. Ushbu bellashuvda Ismoil Gonsalvesh darvozani ishgʻol qilganida hakamlar Ismani oʻyindan tashqari holatda deya baholab, golni bekor qilishgandi. Undan oldingi turda ham deyarli shunday vaziyat yuz bergan.

“Buxoro”ga qarshi oʻyindan soʻng matbuot anjumanida Shota Arveladze bu holatlar boʻyicha OʻFAga shikoyat yozishini, hakamlarning bilimlari yetarlicha boʻlmasa, oʻqishlari kerakligini aytgandi.

SPORTS.uz saytiga maʼlum byuoʻlishicha, “Paxtakor” hakamlar ustidan shikoyat yozib bergan. Ayni paytda bu shikoyat koʻrib chiqilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ana xolos! “Paxtakor” OʻFAga shikoyat yozib berdi