16:25 / 26.09.2018
4 442

Diyor Imomxoʻjayev: “Nima uchun Moʻminjonov ”pul toʻlayman, pulini beraman“ degan gaplarni aytishi kerak?”

Диёр Имомхўжаев: "Нима учун Мўминжонов "пул тўлайман, пулини бераман" деган гапларни айтиши керак?"
“Navbahor” ustozi Ilhom Moʻminjonov Roʻzimboy Ahmedov masalasiga javob qaytaripti.

Birinchi chiqishdan koʻra ancha madaniyat bilan javob qaytarilgan.

Faqat bitta masalaga haligacha tushunmayman. Nima uchun murabbiy “pul toʻlayman, pulini beraman” degan gaplarni aytishi kerak? Buning uchun klubda boshqa masʼul odamlar yoʻqmi?

“Navbahor”da chempionlik uchun real imkoniyat bor. Bunday vaqtlarda klubga ortdan zarba berishni istaydiganlar koʻp boʻladi va bu normal holat. Oson emas bu maydon ichra turmoq degani shu. De fakto murabbiy yaxshi ishlayapti (natijada). Amalda qanday ekani albatta klub rahbariyati tomonidan oʻrganilishi kerak (biroq Moʻminjonovning aytishicha rahbariyat bilan munosabati yaxshi emas, faqatgina hokimbuva uni qoʻllab turgan ekan).

Umid qilamanki, klub va futbolchilar bu kabi ishlarga chalgʻib qolmaydi. Futbolchi oʻynashi, murabbiy ishlashi kerak. Qolgan masalalar oʻyindan tashqari holatda hal boʻlaveradi, - deb yozadi PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxoʻjayev telegramdagi oʻz kanalida.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxoʻjayev: “Nima uchun Moʻminjonov ”pul toʻlayman, pulini beraman“ degan gaplarni aytishi kerak?”