19:38 / 26.09.2018
3 320

Yoaxim Lyov APL jamoalaridan birini boshqarishi mumkin

Yoaxim Lyov APL jamoalaridan birini boshqarishi mumkin
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev APL chempionatini yoqtirishini aytib oʻtdi. U kelajakda ingliz klublaridan birini boshqarish istagi borligini yashirmagan.

58 yoshli mutaxassisning Germaniya futbol uyushmasi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha moʻljallangan.

– APL men uchun har doim qiziqarli boʻlgan. Bu ajoyib liga. Nima boʻlishini esa koʻramiz. 2020 yildagi Yevropa chempionatidan soʻng koʻp narsaga oydinlik kiritiladi.

– Hozir men ikki yildan keyin nima boʻlishini ayta olmayman. Menga Germaniya termasini boshqarish yoqadi va bu menga motivatsiya beradi, – deydi Lyov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yoaxim Lyov APL jamoalaridan birini boshqarishi mumkin