16:18 / 27.09.2018
3 234

OFK Prezidenti Oʻzbekistonda futbol rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi

OFK Prezidenti Oʻzbekistonda futbol rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi
Osiyo futbol konfederatsiyasining rasmiy sahifasi boʻlgan the-afc.com, Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifaning Toshkentda oʻtkazilgan OFK Ijroqoʻmining yigʻilishida aytgan soʻzlari haqida maqola eʼlon qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston futboli Markaziy Osiyoda eng kuchlisiga aylanmoqda va buni OFK ham eʼtirof etadi. Shayx Salmon Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida Oʻzbekistonning kelgusidagi futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari hamda xalqaro turnirlarda ishtirok etish rejalari bilan yaqindan tanishdi.

2018 yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi U-20 Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatdan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasi 2019 yilda BAAda boʻladigan Osiyo kubogi hamda Tokio-2020 Olimpiada oʻyinlariga katta kuch bilan tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

U Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti Umid Ahmadjonov bilan oʻzaro esdalik sovgʻalarini almashar ekan, Oʻzbekistonda futbolning jadallik bilan rivojlanayotganiga qoyil qolganini, Oʻzbekiston Osiyo futbolida haqiqiy kuchga aylanayotganini yoshlarning muvaffaqiyatlari hamda U-23 musobaqasidagi gʻalaba yaqqol isbotlab berganini taʼkidladi.

Terma jamoa Osiyo miqyosidagi musobaqalarda, JCH saralashlarida hamda turli oʻrtoqlik uchrashuvlarida yetarlicha tajriba toʻpladi va bu tajriba Tokio-2020, Qatarda boʻlib oʻtadigan JCH-2022 saralash oʻyinlarida albatta asqotadi, – deydi OFK Prezidenti.

Yurtingizda koʻplab sport turlari hamda futbolga katta sarmoyalar jalb etilmoqda va bu oʻz samarasini bermay qolmaydi deb taʼkidlaydi Shayx Salmon.


Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK Prezidenti Oʻzbekistonda futbol rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi