18:30 / 27.09.2018
4 094

Fazliddin Gʻoibnazarov: “Tajribali chapaqay bokschilar bilan sparring janglar oʻtkazdim”

Фазлиддин Ғоибназаров: "Тажрибали чапақай боксчилар билан спарринг жанглар ўтказдим"
Xabar berib oʻtganimizdek, Olimpiya oʻyinlari chempioni, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Fazliddin Gʻoibnazarov 20 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Oʻsha kuni unga mezbon bokschi Uilbert Lopes raqiblik qiladi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot va Media departamenti bokschimiz bilan bogʻlanib, ushbu jangga tayyorgarlik qanday ketayotgani bilan qiziqdi.

- Navbatdagi raqibim professional ringda yaxshigina tajribaga ega. Chapaqay. Men har bir raqibga qarshi alohida tayyorgarlik olib boraman. Toʻqnash keladigan raqibimni oʻrganmay ringga chiqmayman. Tayyorgarlikni uning chapaqayligini hisobga olgan holda olib boryapmiz. Mashgʻulot zallarini ham shunga qarab oʻzgartirib turibmiz. Tajribali chapaqay bokschilar bilan sparring janglar oʻtkazdim. Bir soʻz bilan aytganda, tayyorgarlik raqibni toʻliq oʻrganishga qaratilgan. Oʻylaymanki, bu menga asqotadi. 20 oktyabr kuni tomoshabop jang oʻtkazib, gʻalabaga erishmoqchiman, – dedi bokschimiz.

Maʼlumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional boksda beshta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Ikkita gʻalabani muddatidan oldin qoʻlga kiritgan. Tajribali Lopes esa 34ta jang oʻtkazib, ularning 23tasida gʻalabaga erishgan. (15tasida nokaut evaziga). Toʻqqiz marotaba magʻlubiyatga uchragan (1 marotaba nokaut boʻlgan).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin Gʻoibnazarov: “Tajribali chapaqay bokschilar bilan sparring janglar oʻtkazdim”