21:26 / 27.09.2018
3 461

Rasman: Yevro-2024 Germaniyada oʻtkaziladi

Rasman: Yevro-2024 Germaniyada oʻtkaziladi
Yevropa chempionati-2024 Germaniyada oʻtkaziladi. Bunday qaror UYEFA Ijroqoʻm aʼzolarining Non shahrida boʻlib oʻtgan yigʻilishida qabul qilindi. Ovoz berish natijalariga koʻra nemislar “zayavkasi” turklarni ortda qoldirdi.

Koʻxna qitʼa chempionatining oʻyinlari quyidagi shaharlarda oʻtkaziladi: Gamburg, Berlin, Leypsig, Gelzenkirxen, Dortmund, Dyusseldorf, Kyoln, Frankfurt, Shtutgart, Myunxen.

2024 yilning iyun-iyul oyida boʻlib oʻtadigan musobaqada 24ta jamoa ishtirok etadi.

Bungacha Germaniya 2 bor Jahon chempionatini va bir marotaba Yevropa chempionatini oʻzida qabul qilgan. 1988 yil Germaniyada oʻtgan Yevropa chempionatida Marko van Basteni bor Gollandiya terma jamoasi chempion boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: Yevro-2024 Germaniyada oʻtkaziladi