09:55 / 28.09.2018
4 229

“Barselona” oʻz logotipini oʻzgartirmoqchi (foto)

"Барселона" ўз логотипини ўзгартирмоқчи (фото)
Kataloniyaning “Barselona” klubi oʻz logotipi borasida rebrending qilishni rejalashtirmoqda.

Yangi logotip hozirgisiga nisbatan “yorqin, uygʻun va bir xil” ekanligi aytilgan. Yangi logotipda qora ichki konturlar, FCB yozuvi olib tashlangan. Logotipning qolgan elementlari, jumladan koʻk-anor rangidagi chiziqlar soni ham 7 tadan 5 taga kamaytirilgan. Markazdagi toʻpning shrifti ham ancha kattalashgan.

Mazkur oʻzgarish klub aʼzolari tomonidan maʼqullanishi kerak va shunday boʻlgan taqdirda yangi logotipdan kelgusi mavsumdan boshlab foydalanishi mumkin.

Bu boradagi qaror esa 20 oktyabr kuni qabul qilinadi. Maʼlumot uchun “Barselona” tarixida hozirga qadar 10 ta logotip boʻlgan va 2002 yilda hozirgi logotip vujudga kelgan.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” oʻz logotipini oʻzgartirmoqchi (foto)