20:35 / 28.09.2018
3 568

“AGMK” sensatsiya qayd etib “Bunyodkor”ni yengdi va finalga yoʻl oldi

“AGMK” sensatsiya qayd etib “Bunyodkor”ni yengdi va finalga yoʻl oldi
Oʻzbekiston Kubogi yarim finalidan oʻrin olgan “Bunyodkor” – “AGMK” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Milliy” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda mehmonlar gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimi oʻrtacha tempda kechdi va biroz ustunlik mezbonlar tomonida boʻldi. Biroq tanaffusgacha darvozalar dahlsiz qoldi.

Ikkinchi boʻlim boshlarida zaxirada maydonga tushganiga koʻp boʻlmagan Muzaffarbek Muzaffarov uzoq masofadan “Bunyodkor” darvozasini aniq nishonga olib, olmaliqliklarni oldinga olib chiqdi.

Oradan koʻp vaqt oʻtmay mehmonlar yana gol urishdi: oʻng qanotdan uzatilgan toʻpni Yovan Jokich darvozabon maydonchasi tomon uzatdi, u yerda Zafar Polvonov boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi va jamoasining ikkinchi golini urdi.

Ushbu gollardan soʻng “qaldirgʻochlar” butun jamoa boʻlib hujumga oʻtishdi. Bu hujumlar 80–daqiqaga kelibgina samara berdi. Murodjon Toshmatov jarima maydoni chizigʻi ustida toʻpni qabul qilib oldi va aniq zarba bilan hisobni qisqartirdi.

Oʻyin soʻnggiga qadar maydon egalarida yana bir qancha imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq hisob oʻzgarmadi va AGMK oʻz tarixida ilk bor Kubok finaliga yoʻl oldi.

Oʻzbekiston Kubogi
Yarim final

“Bunyodkor” – “AGMK” 1:2 (0:0, 1:2)

Gollar:
0:1 – 57 Muzaffarov, 0:2 – 63 Polvonov, 1:2 – 80 Toshmatov.

“Bunyodkor”: 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov, 5. Dilshod Joʻrayev, 8. Javlon Ibrohimov, 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxoʻjayev, 20. Mirgʻiyos Sulaymonov (7. Dilshod Ahmadaliyev, 46), 30. Xurshid Gʻiyosov (15. Farrux Ikromov, 79), 44. Mirjamol Qosimov (9. Shahzodbek Nurmatov, 62), 99. Filip Rayevas.

“AGMK”: 12. Roman Abdulov, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 6. Azamat Isroilov, 9. Zafar Polvonov (16. Milosh Trifunovich, 68), 11. Jasur Hasanov (24. Javlon Guseynov, 83), 13. Lutfullo Toʻrayev, 14. Zohir Pirimov (71. Jamshid Hasanov, 76), 15. Vladimir Bubanya, 19. Vladislav Kasminin, 23. Yovan Jokich, 70. Oybek Qilichev (8. Muzaffar Muzaffarov, 57)

Ogohlantirishlar: Qilichev 27, Isroilov 90+4.

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “AGMK” sensatsiya qayd etib “Bunyodkor”ni yengdi va finalga yoʻl oldi