3 605
Habib Nurmagomedovning murabbiyi jangga tayyorgarlik boʻyicha baʼzi tafsilotlarni oshkor qildi
Aralash yoʻnalish boʻyicha (MMA) rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xavyer Mendes oʻz shogirdi irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangga qanday tayyorlanayotgani haqida soʻzlab berdi.
Mutaxassisning aytishicha, rossiyalik sportchi qadning rostlangan vaziyatidagi jangni yaxshilash ustida ishlagan.
«Habibning zarbalari yaxshi. Yaqinda u bokschilar bilan sparring oʻtkazdi va hech qanday muammo paydo boʻlmadi. Koʻpchilik Nurmagomedovning qadning rostlangan vaziyatidagi jangiga yetarlicha baho bermayapti hamda ular u bu holatda ham yaxshi ishlashini koʻradi.
Habib Makgregor bilan qadning rostlangan vaziyatida ishlashga tayyormi? U tayyor boʻlishga majbur. Shunchaki chiqib, Konorni yerga yiqitishning imkoni boʻlmaydi. U oʻz ishining ustasi. U eng buyuklardan biri, deb hisoblanadi, bu bejiz emas, shuning uchun qadning rostlangan vaziyatidagi ish har qanday holatda ham boʻladi, undan qochib qutulishning iloji yoʻq», - deya Mendesning soʻzlarini keltiradi Bloody Elbow.
Nurmagomedov — Makgregor jangi 6 oktyabr kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Nurmagomedovga Makgregorning sobiq sparring sherigi yordam berayotgani maʼlum boʻlgandi.
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) amaldagi chempioniga tayyorgarlik jarayonida Makgregorning sobiq sparring sherigi Mayls Prays yordam beryapti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi