21:50 / 29.09.2018
3 519

“Barselona” soʻnggi daqiqalarda magʻlubiyatdan qutulib qoldi

“Barselona” soʻnggi daqiqalarda magʻlubiyatdan qutulib qoldi
Ispaniya chempionatining 7-turidan oʻrin olgan “Barselona” – “Atletik” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Kamp Nou”da boʻlib oʻtgan uchrashuvda durang natija qayd etildi.

Oʻyinning 41–daqiqasida De Markos chap qanotdan uzatib berilgan toʻpga toʻxtatmasdan zarba berib ter Stegen darvozasini ishgʻol qildi. Shundan soʻng tashabbus butkul mezbonlar tomoniga oʻtdi, biroq tanaffusgacha hisob oʻzgarmadi.

Ikkinchi boʻlimda kataloniyaliklar bir qator oʻzgarishlar qilishdi va bu jamoa hujumlarini yanada keskinlashtirdi. Oʻyin yakunlanishi arafasida Lionel Messi darvozadan qaytgan toʻpni egallab oldi va uni markazga uzatdi, u yerda Munir El-Haddodi yaqin masofadan darvozani nishonga oldi.

Shu tariqa, “Barselona” Primeradagi gʻalabasiz seriyasini uchta oʻyinga yetkazdi. “Real”dan ham ochko tortib olgan basklar bu safar ham grand klubni qiyin ahvolga solib qoʻyishdi.

La Liga, 7-tur

Barselona – Atletik 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 41 De Markos, 1:1 – 84 Munir.

Barselona – ter Stegen, Langle, Pike, Alba, Serdji Roberto (Buskets, 51), Koutino, Rakitich, Dembele (Munir, 80), Vidal (Messi, 55), Nelson Semedu, Suares.

Atletik – Mendibil, Martines (Nolaskoayn, 23), Yeray Alvares, Balensiaga, Berchiche, Benyat (San Xose, 67), Dani Garsiya, Susayeta, Raul Garsiya, De Markos, Inyaki Uilyams (Aduris, 79).

Ogohlantirishlar: Yeray Alvares (48), Rakitich (78), Buskets (89), Dani Garsiya (90), Nolaskoayn (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” soʻnggi daqiqalarda magʻlubiyatdan qutulib qoldi