21:24 / 30.09.2018
3 682

43 yoshli Oksana Chusovitina Parijdagi Jahon kubogida oltin medal oldi

43 yoshli Oksana Chusovitina Parijdagi Jahon kubogida oltin medal oldi
Fransiya poytaxti Parij shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bahslari oʻtkazilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston sharafini afsonaviy sportchi Oksana Chusovitina himoya qilmoqda.

U bugun tayanib sakrash mashqlarida chiqish qildi va eng yuqori ballni toʻplab, oltin medal sohibasiga aylandi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar mos ravishda Kanada va Sloveniya terma jamoasi aʼzolariga nasib qildi.

Maʼlumot uchun, ushbu musobaqa Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlari uchun muhim boʻlgan reyting ochkolarini taqdim etadi.

Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda 43 yoshda boʻlgan Oksana Chusovitina 2016 yili, 41 yoshda ekanida Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan eng yoshi katta gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi.

1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016 yillarda oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.

Chusovitina yaqinda Jakartada oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida tayanib sakrash boʻyicha bahslarda kumush medalni qoʻlga kiritgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 43 yoshli Oksana Chusovitina Parijdagi Jahon kubogida oltin medal oldi