23:05 / 30.09.2018
4 471

“Qirollik divizioni”da nimalar yuz bermoqda yoxud yangi avlod vakillari “taxt”ni egallab boʻlishdi (foto)

“Qirollik divizioni”da nimalar yuz bermoqda yoxud yangi avlod vakillari “taxt”ni egallab boʻlishdi (foto)
Professional boks olamining “qirollik divizioni”da yangi avlod vakillari yetishib chiqa boshladi va bu soʻnib borayotgan qiziqishni yana uygʻonishiga sabab boʻlmoqda. Hozirga kelib biz bir vaqtlar super ogʻir vazn toifasining gullab-yashnagan vaqtidagi nomdor vakillaridan biri rossiyalik Aleksandr Povetkin 22 sentyabr kuni britaniyalik Entoni Joshua imkoniyatni boy berib, deyarli chempionlik uchun kurashdane chiqib keldi. Endi maydonga yangi avlod vakillari amerikalik Deontey Uaylder va Tayson Fyuri chiqib kelmoqda. Ular dekabr oyida oʻzaro hisob-kitob qilib olishadi.

Keling, jahon professional boksining ushbu vazndagi holati haqida gaplashamiz.

Yaqin oʻtmishga nazar

Koʻp yillik jahon chempionlari ukrainalik Vitaliy va Vladimir Klichko ringni tark etgandan soʻng, baʼzan “qirollik divizioni” deb ataladigan superogʻir (+200 funt, yoki +90,719 kg) yangi davr boshlandi. Vitaliy 2013 yili boksni tark etgan boʻlsa, Vladimir oʻtgan yili faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Kichik Klichko 2015 yili iyulda britaniyalik Tayson Fyuriga uchta jahon chempionligi kamarlari (WBA, IBF va IBO)ni qaytarish harakat qilib, “tumanli albion”ning boshqa bir vakili Entoni Joshua bilan kuch sinashdi.

Biroq uzoq kutilgan va murosasiz qarama-qarshilik 2017 yil aprelida boʻlib oʻtdi va koʻpchilik tomonidan eng yaxshi bokschi deb eʼtirof etilgan Klichko muddatidan oldin magʻlub boʻldi. Ularning revansh jangi borasida esa kelishuvga erishilmadi.

Shunday qilib, Tayson Fyurining “taʼtili”dan foydalanib, Joshua chempionlik kamarlarini yigʻib oldi. 2012 yilgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Joshua chaqqonlik bilan professional boks elitasida koʻpchilikning eʼtiborini oʻziga qaratdi. 2016 yil boshida u bir kunlik chempion amerikalik Charlz Martindan kamarni tortib oldi, keyin Klichko taslim qilindi va birdaniga uchta chempionlik kamarlari sohibiga aylandi. Joriy yilning 31 martida esa Yangi Zelandiya vakili Jozef Parker magʻlub etilib, WBO kamarini qoʻshib qoʻydi.

Vitaliy Klichko ketganidan soʻng WBC versiyasi boʻyicha jahon chempionligiga avvaliga kanadalik Bermeyn Stivern egalik qildi, keyin undan amerikalik Deontey Uaylder kamarni tortib oldi. Super ogʻir vazn toifasining har bir chempioni bir necha martadan himoya janglarini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Uaylder 7ta, Joshua esa 5 marta.

Hozirgi qoʻshhokimlik

Shunday qilib, ayni damda super ogʻir vazn toifasi divizionida qoʻshhokimlik yuzaga keldi. Joshua bugunga qadar faqatgina himoya janglari bilan cheklanib qolmasdan, kamarlarni birlashtiruvchi janglarni ham oʻtkazdi, biroq Uaylder uni bir necha marta kuchli raqiblar bilan uchrashishdan qochishda ayblab kelmoqda.

Ammo joriy yilning 3 martida u anchayin jiddiy raqib va chempionlik kamarlariga asosiy daʼvogarlardan yengilmas kubalik Luis Ortis bilan toʻqnashdi. Dramatik toʻqnashuvda Deontey mahorat va barqarorlik koʻrsatdi hamda muddatidan oldin zafar quchli. Nokaut 10-raundda qayd etildi.

Jahon reytinglari

Agar hozirgi boks olamining eng mashhur internet-portallari top-5 reytinglarini (super ogʻir vaznda) kuzatadigan boʻlsak, deyarli bir xillikka koʻzimiz tushadi.

The Ring Magazine
1. Entoni Joshua (Buyuk Britaniya)
2. Deontey Uaylder (AQSH)
3. Aleksandr Povetkin (Rossiya)
4. Luis Ortis (Kuba)
5. Dillian Uayt (Buyuk Britaniya)

ESPN.com
1. Entoni Joshua
2. Deontey Uaylder
3. Aleksandr Povetkin
4. Luis Ortis
5. Dillian Uayt

Boxrec
1. Entoni Joshua
2. Deontey Uaylder
3. Aleksandr Povetkin
4. Toni Bellyu
5. TaysonFyuri

Transnational Boxing Rankings Board
1. Entoni Joshua
2. Deontey Uaylder
3. Dillian Uayt
4. Luis Ortis
5. Aleksandr Povetkin

World Boxing News
1. Entoni Joshua
2. Deontey Uaylder
3. Tayson Fyuri
4. Aleksandr Povetkin
5. Kubrat Pulev

Birinchidan, Joshua va Uaylderning soʻnggi janglaridagi Parker va Ortis singari raqiblari shubhasiz, chempionlikka asosiy daʼvogarlar deya tan olinib kelinayotgan edi (hozir ham shunday). Koʻpchilik mutaxassislar, jurnalistlar va oddiy boks muxlislari ularni super ogʻir vaznning eng vakillari deb bilishadi. Toʻgʻri, Joshuaga qarshi jangdan soʻng Parker yana bitta muper jang oʻtkazdi. Top bokschi britaniyalik Dillian Uayt ochkolar boʻyicha undan ustun kelib, Parkerning top-5 reytingdan tushib ketishiga sababchi boʻldi.

Ikkinchidan, Joshua barcha reytinglarda №1 sifatida eʼtirof etilayotgan boʻlsada, yana alohida aniqlayotgan faktlar ham bor. Masalan, The Ring jurnali joriy yil fevral oyida uzoq vaqt jang qilmaganligi uchun Tayson Fyuridan chempionlik kamarlari tortib olindi, biroq jahon boksidagi eng nomdor nashrning jurnalistlari bu kamarlarni Joshua va Parker jangiga qoʻyishmadi. Ular buning uchun reytingdagi №1 va №2 raqamli bokschilar kurash olib borishlari kerakligi bilan izohlashdi, №1 va №3 emas.

Tayson Fyuri qaytmoqda

Shuningdek, mutaxassislar eʼtiborini soʻnggi oylarda yana bir super ogʻir vazn toifasining nomdor vakili oʻziga qaratmoqda. U aynan ushbu vaznda 5 ta chempionlik tituliga egalik qilgan va deyarli 2,5 yillik tanaffusdan soʻng faoliyatini tikladi. Turli sabablarga koʻra, britaniyalik bokschi oldiniga Vladimir Klichkona revansh jang uchun imkoniyat bermadi, keyin faoliyatini tugatganini maʼlum qildi. Yana narkotiklar, doping, semizlik va uning ruhiy holati uning vaqtliroq ringga qaytishiga xalaqit qilib keldi.

Franchesko Pyanettani magʻlub qilgandan soʻng Taysonning oʻziga boʻlgan ishonchi yana ortdi. U shu yili hamon sayyoramizdagi eng yaxshi bokschi ekanligini isbotlash uchun oʻziga nomdor raqib tanladi. Deoytey Uaylder. Aslida amerikalik bokschi kamarlarni birlashtiruvchi mega jangda Joshua bilan uchrashishni maqsad qilgan edi, ammo jang kelasi yilga qoldirildi. Fyuri esa Uaylderni magʻlub qilib, ushbu “mega jang”ni toʻxtatib qolmoqchi. Fyuri va Uaylder jangi 1 dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Gʻolib Joshua bilan kuch sinashadi.

Ikkinchi eshelon

Ayni damda super ogʻir vazn toifasida jahon chempionligi kamarlarini qoʻlga kiritishni maqsad qilgan bir qator bokschilar bor. Ular orasida buning uddasidan chiqqanlari ham yoʻq emas (Kubrat Pulev, Endi Ruis, Xyu Fyuri, Dominik Brizil, Brayant Jennings, Derek Chisora, Karlos Takam) va boshqalari esa kelajakda buni oʻz oldilariga ulkan maqsad qilib qoʻygan – Jarrell Miller, Dillian Uayt, Adam Kovnaskiy, Agit Kabayel. Yana bir nechtalarining – Deniyel Dyubua, Toni Yoka, Jo Joys, Filipp Xrgovich, Sergey Kuzmin, Jang Jiley, Bogdan Dinu, Aleksandr Teslenko va boshqalar – imkoniyatlarini mutaxassislar yuqori baholamoqda.
Shahobiddin

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Qirollik divizioni”da nimalar yuz bermoqda yoxud yangi avlod vakillari “taxt”ni egallab boʻlishdi (foto)