06:00 / 02.10.2018
3 733

MMA jangchilari ringda charchab qolganidan soʻng jang qilishni istamay qolishdi (video)

MMA jangchilari ringda charchab qolganidan soʻng jang qilishni istamay qolishdi (video)
Aralash yakkakurashlar (MMA) jangchilari Bob Sapp va Osunaarasi Kintaro oʻrtasidagi jangda raqiblar bir-birlariga deyarli zarba berishmadi va aksariyat vaqtlarini nigohlar orqali kurashish bilan oʻtkazishdi. Jang videosi Twitterʻdagi The MMA Bible akkauntida eʼlon qilindi.

Ushbu jang Yaponiyaning Saytama shahrida boʻlib oʻtdi. Vazni 150 kilodan oshiq boʻlgan bu sportchilar uchun alohida qoida joriy etildi: ular har biri uch daqiqadan boʻlgan uch raund davomida jang olib borishlari kerak edi. Dastlabki ikki raundda ular jang olib borishdi, uchinchi raundga kelib esa bir-birlariga deyarli zarba berishmadi. Ularni referining jangga chorlashi ham aytarli foyda bermadi.

Bu jangda hakamlar ovozi bilan Sapp gʻalaba qozondi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MMA jangchilari ringda charchab qolganidan soʻng jang qilishni istamay qolishdi (video)