12:08 / 02.10.2018
3 774

“Qizilqum”ga qarshi oʻyin Berdiyev uchun “Nasaf” boshqaruvidagi soʻnggi imkoniyat boʻlishi mumkin

"Қизилқум"га қарши ўйин Бердиев учун "Насаф" бошқарувидаги сўнгги имконият бўлиши мумкин
Joriy mavsumda oʻz tarixidagi eng yomon natijalardan birini qayd etib kelayotgan Qarshining “Nasaf” klubi murabbiylar shtabida oʻzgarish yuz berishi mumkin.

“Ajdarlar” bosh menejeri Sergey Kucherenkoga yaqin manbamizning maʼlum qilishicha Superliganing navbatdagi turida “Qizilqum”ga qarshi boʻlib oʻtadigan bahs jamoa bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev uchun soʻnggi imkoniyat boʻlishi mumkin. Qolaversa, qarshilik muxlislar ham “Nasaf”ning koʻrsatayotgan natijalaridan mutlaqo qoniqish hosil qilishmayapti.

Maʼlumotlarga qaraganda, agar Berdiyev “Nasaf”dan ketsa, kelgusi mavsum Olmaliqning AGMK klubini boshqarishi mumkin.

Maʼlumot uchun, “Nasaf” ayni damda “jon saqlash guruhi”da 17 ochko bilan 3-oʻrinni egallab turibdi.

Eslatib oʻtamiz, “Nasaf” – “Qizilqum” uchrashuvi bugun soat 20:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Qizilqum”ga qarshi oʻyin Berdiyev uchun “Nasaf” boshqaruvidagi soʻnggi imkoniyat boʻlishi mumkin