16:57 / 02.10.2018
3 081

“Paxtakor” uchun asosiy vazifa Kubokmi?

“Paxtakor” uchun asosiy vazifa Kubokmi?
Oʻzbekiston Kubogi finali “Paxtakor” va “AGMK” oʻrtasida kechadi. Bu uchrashuvda kim gʻalaba qozonishini oldindan tahmin qilish qiyin boʻlmasa kerak. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlariga boʻlgan barcha hurmatni saqlagan holda aytamiz, finalda ham Qoʻqondagi oʻyin ssenariysi takrorlansa kerak.

Oʻz navbatida “Paxtakor” uchun ham Oʻzbekiston Kubogi finali mavsumdagi eng asosiy uchrashuv boʻlib qolishi ehtimoli katta. Chunki “Lokomotiv” chempionlik kurashida dadil ketmoqda va mavqeini oson boy bermasligi turgan gap. “Sherlar” uchun mavsumni sovrinsiz yakunlashdan yomoni yoʻq. Har holda ikki yildan buyon “superklub” boʻlish daʼvosida yuribdi.

Toki chempionlik kurashida hamma narsa aniq emas ekan, Shota Arveladzening asosiy umidi aynan Kubok boʻlib qolaveradi. Agar “AGMK” gʻalaba qozonsachi, dersiz? U holda gurjistonlik murabbiyga chiqish eshiklari koʻrsatilmasa, “Paxtakor” superklub boʻlish daʼvosidan voz kechsa ham boʻlaveradi.
Abdulloh

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” uchun asosiy vazifa Kubokmi?