21:03 / 02.10.2018
3 799

“Soʻgʻdiyona” oʻz maydonida “Neftchi”ga javobsiz 3 ta toʻp kiritdi

Superliganing 25-turida “Soʻgʻdiyona” klubi oʻz maydonida Fargʻonaning “Neftchi” futbolchilarini qabul qildi. Uchrashuv maydon egalarining yirik gʻalabasi bilan yakun topdi.

Uchrashuvda hisobni jizzaxliklar legioneri Darvidas Sernas 29-daqiqada ochib berdi. Oʻyinda maydon egalari ustunlik qilib turishdi. Ikkinchi boʻlimning 55-daqiqasida Shoxrux Norxonov oradagi farqni 2 taga yetkazib qoʻydi. Asosiy vaqtning tugashiga ikki daqiqa qolganida Oybek Nurmatov yakuniy hisobni taʼminlab berdi.

Superliga, 25-tur

“Soʻgʻdiyona” – “Neftchi” 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar: Darvidas Sernas 29, - 1:0. Shohruz Norxonov 55, - 2:0. Oybek Nurmatov 88, - 3:0.

“Soʻgʻdiyona”: 88.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 10.Shohruz Norxonov (27.Sahob Rashidov, 85), 28.Shahboz Joʻrabekov, 70.Sanjar Rashidov (14.Siroj Meliyev, 90+2), 80.Darvidas Sernas (39.Oybek Nurmatov, 63), 90.Milash Simonovich, 91.Nikola Milinkovich, 93.Ixtiyor Toshpoʻlatov, 94.Nuriddin Hasanov, 99.Nurillo Toʻxtasinov.

“Neftchi”: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Shukurali Poʻlatov (s), 7.Murodbek Bobojonov, 14.Abrorbek Ismoilov, 20.Husniddin Gʻofurov, 40.Boburbek Yuldashev, 44.Dostonbek Toshmatov (10.Anvar Berdiyev, 75), 45.Avazxon Mamatxoʻjayev (23.Abduraxmon Abdulxaqov, 61), 65.Shodiyor Hojimatov, 91.Sherzod Hakimov, 95.Dostonbek Tursunov.

Ogohlantirishlar: Sherzod Hakimov 17, Darvidas Sernas 53, Abror Ismoilov 64.

Manba: www.uff.uz


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Soʻgʻdiyona” oʻz maydonida “Neftchi”ga javobsiz 3 ta toʻp kiritdi