06:30 / 03.10.2018
3 435

Karlush Keyrush: “Qiyin, lekin biz Osiyo Kubogiga tayyormiz”

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Osiyo Kubogida gʻoliblik uchun kurash qiyin boʻlishini aytib oʻtdi.

Maʼlumki, Eron birinchi bor Osiyo Kubogida 1976 yil zafar quchgan. Keyrushning aytishicha, yana gʻalaba qozonish payti keldi.

“Bosh murabbiy sifatida mening ishim jamoani maqsad sari toʻgʻri yoʻnaltirish. Biz navbatdagi Osiyo Kubogiga faqat gʻoliblik uchun boramiz. Qiyin boʻladi, lekin musobaqaga tayyormiz”.

“Osiyo Kubogida favoritlar koʻp. Nomlar haqida gap ketganda men Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistonini alohida taʼkidlagan boʻlardim”, - deydi portugaliyalik murabbiy.

Eron terma jamoasi “D” guruhida Iroq, Vyetnam va Yamanga qarshi bahs olib boradi. Forslar dastlabki uchrashuvni 7 yanvar kuni Yamanga qarshi oʻtkazishadi.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlush Keyrush: “Qiyin, lekin biz Osiyo Kubogiga tayyormiz”