00:13 / 03.10.2018
3 464

YECHL. “Yuventus”dan gʻalaba, Dibaladan xet-trik, “Manchester Siti” soʻnggi daqiqalarda gol urib gʻalaba qozondi

Bugun, 2 oktyabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasida 2-tur bahslari boshlandi. Tur doirasida 2 ta uchrashuv yakuniga yetdi.

Jumladan, “H” guruhidan oʻrin olgan “Yuventus” Turinda Shveysariyaning “Yang Boyz” jamoasini qabul qilib, yirik 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Uchala gol ham turinliklarning argentinalik futbolchisi Paulo Dibalaga hisobiga yozildi. Shu tariqa Dibala Krishtianu Ronaldu qatnashmagan bahsda xet-trikni tantana qildi. Guruhning ikkinchi oʻyinida “Manchester Yunayted” oʻz uyida “Valensiya”ni qabul qiladi.

“F” guruhidan oʻrin olgan Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” Germaniyaga safar qildi. “Hoffenhaym” “Siti” bilan oʻyinning 1-daqiqasidayoq hisobni ochdi. Gol muallifi Belfodil boʻldi. 8-daqiqada Leroy Sanening uzatmasidan soʻng Serxio Aguero hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi boʻlimning 87-daqiqasida esa David Silva “Man Siti”ga gʻalabaga keltirgan golga mualliflik qildi. Guruhning ikkinchi oʻyinida “Lion” oʻz uyida “Shaxtyor”ni qabul qiladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi 2-tur bellashuvlari

2 oktyabr, seshanba

“H” guruhi

“Yuventus”—“Yang Boyz” 3:0

Gollar: 1:0 – 5 Dibala, 2:0 – 33 Dibala, 3:0 – 69 Dibala.

Ogohlantirishlar: Bertone (24), Sanogo (41), Kamara (75).

Chetlatish: Kamara (78).

“F” guruhi

“Hoffenhaym”—“Manchester Siti” 1:2

Gollar: 1:0 – 1 Belfodil, 1:1 – 7 Aguero, 1:2 – 87 Silva.

Ogohlantirishlar: Otamendi (12), Fernandino (36), Demirbay (57), Uoker (66).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. “Yuventus”dan gʻalaba, Dibaladan xet-trik, “Manchester Siti” soʻnggi daqiqalarda gol urib gʻalaba qozondi