10:30 / 03.10.2018
4 292

Lopetegi SSKAdan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng nimalar dedi?

Lopetegi SSKAdan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng nimalar dedi?
Madridning “Real” klub bosh murabbiyi Xulen Lopetegi kecha UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida SSKAga (1:0) qarshi boʻlib oʻtgan oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“SSKAning oʻyin boshidagi goli oʻzimizning xatoimiz bilan sodir boʻldi. Shundan soʻng bizda koʻplab imkoniyatlar boʻldi, ammo, gol ura olmadik, bizga omad kulib boqmadi. Hamma narsani omadsizliknii bogʻlaymizmi? Yoʻq. SSKA ham yaxshi oʻynadi. Ular tezkor gol urishdi va shundan soʻng keskin oʻyin koʻrsata boshlashdi. Ikkinchi boʻlimda esa juda yaxshi himoyalanishdi.

Shuni alohida taʼkidlashim lozimki, biz juda koʻp imkoniyatlarni qoʻldan chiqardik. Gol urmagan jamoa gʻalaba qozona olmaydi va ochko ololmaydi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lopetegi SSKAdan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng nimalar dedi?