20:35 / 03.10.2018
3 810

“Qoʻqon-1912” oʻz maydonida AGMK ga magʻlub boʻldi

“Qoʻqon-1912” oʻz maydonida AGMK ga magʻlub boʻldi
Dastlabki daqiqada har ikki jamoa bittadan xavfli vaziyatga ega boʻlishdi. 9-daqiqada qoʻqonliklar jarima toʻpi tepish huquqiga ega boʻlishdi. Javohir Sidiqovning zarbasini mehmonlar posboni katta qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 22-daqiqada Muhammadanas Hasanov tomonidan yoʻllangan zarbani AGMK darvozaboni arang qaytardi. 30-daqiqada Muhammadanas Hasanovning kutilmaganda bergan zarbasidan keyin raqib posboni qiyinchilik bilan toʻpni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 41-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi. Muzaffar Muzaffarovning uzoqdan yoʻllagan zarbasi darvozamizdan oʻrin oldi. 43-daqiqada olmaliqlar ikkinchi toʻpni kiritishlari mumkin edi.

59-daqiqada mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyatga ega boʻldi. Suhrob Berdiyevning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 65-daqiqada Bahodir Akramovning boshi bilan bergan zarbasini Abdulov qaytardi. 70-daqiqada “Qoʻqon-1912” hisobni tenglashtirishdi. Suhrob Berdiyevning kuchli zarbasidan keyin raqib darvozasi ishgʻol etildi.

87-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Azamat Isroilov ikkinchi bor qoʻqonliklarni ranjitdi.

Superliga 25-tur

“Qoʻqon-1912” – AGMK – 1:2 (0:1)

Gollar:
Suhrob Berdiyev – 70. - Muzaffar Muzaffarov – 41, Azamat Isroilov – 87.

“Qoʻqon-1912”: 1. Oʻtkir Yusupov, 9. Nosir Otaqoʻziyev (5. Gʻiyos Komilov – 46), 10. Javohir Sidiqov, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Roʻziyev, 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Govkovich (4. Bahodir Akramov -62), 65. Marko Milich, 96. Muhammadanas Hasanov (70. Jasur Hakimov – 54).

AGMK: 12. Roman Abdulov, 8. Muzaffar Muzaffarov, 9. Zafar Polvonov (22. Abdumalik Abdullayev – 78), 10. Shohnazar Norbekov (11. Jasur Hasanov – 65), 15. Vladimir Bubanya, 19. Vladislav Kasminin, 23. Yovan Jokich, 24. Javlon Guseynov, 70. Oybek Qilichev, 71. Jamshid Hasanov (6. Azamat Isroilov – 84), 72. Alisher Samatov.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Qoʻqon-1912” oʻz maydonida AGMK ga magʻlub boʻldi