12:39 / 04.10.2018
3 898

Makgregor boks qoidalari boʻyicha Meyvezer bilan jangga rozi boʻldi

Makgregor boks qoidalari boʻyicha Meyvezer bilan jangga rozi boʻldi
Aralash yoʻnalish (MMA) boʻyicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor boks qoidalariga muvofiq kichik Floyd Meyvezer bilan revansh jang oʻtkazishga tayyorligini bildirdi.

2017 yilda Makgregor maxsus WBC Money Belt unvoni uchun jangda Meyvezerdan magʻlubiyatga uchragandi.

«Men kelajak uchun bir nechta variantlarni koʻrib chiqyapman. Albatta, roʻyxatda boks ham bor. Men bunday imkoniyatlardan doim mamnunman.

Agar Meyvezerda menga qarshi oktagonda chiqish uchun jasorati yetsa, bu nima bilan tugashini koʻrish qiziq boʻlardi. Ammo, men u bilan boks boʻyicha ringda yana uchrashishga tayyorman. Agar u jang qilishni xohlasa, revansh qilamiz», - deya Makgregorning soʻzlarini keltiradi Boxing News 24.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Makgregor boks qoidalari boʻyicha Meyvezer bilan jangga rozi boʻldi