10:56 / 04.10.2018
3 536

Pochettino: “Barselona”ni gʻalaba bilan tabriklayman, xalol kurash boʻldi

Pochettino: “Barselona”ni gʻalaba bilan tabriklayman, xalol kurash boʻldi
“Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino YECHL guruh bosqich 2-tur “Barselona” jamoasiga qarshi oʻyindan keyin oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. Oʻyinda kataloniyaliklar 4:2 hisobi bilan zafar quchishdi.

“Qiyin oʻyin boʻldi. Ushbu jamoa ikki daqiqa deganda oʻtkazib yuboradi va hammasi oʻzgarib ketadi. Muhit qizishni boshlaydi. Chin yurakdan «Barselona”ni gʻalaba bilan tabriklayman, chunki xalol va jiddiy kurash boʻldi. Men oʻz jamoam bilan faxrlanaman. Natijadan afsusdaligim bor, lekin biz bor kuchimiz bilan oʻyin namoyish qildik. Asosiysi – bu iroda.

Loris? Ushbu oʻyinda biz bir nechta xatolarga yoʻl qoʻydik, bu tushunarli. Futbolda siz xatoga yoʻl qoʻysangiz, gol oʻtkazib yuborasiz. Afsusdaman, biroq biz yana olgʻa harakat qilishimiz lozim.

Messi shubhasiz, fantastik futbolchi. Eng asosiysi, u har bir oʻyinda nima uchun eng yaxshi futbolchi ekanligini isbotlamoqda. Bunday oʻyin – uning oʻrtacha koʻrsatkichi desak boʻladi», - deydi Pochettino VVS nashriga.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pochettino: “Barselona”ni gʻalaba bilan tabriklayman, xalol kurash boʻldi