07:31 / 05.10.2018
3 348

Mojaroga oʻralashib qolgan Ronaldu joriy yilda Portugaliya termasida oʻynamaydi

Mojaroga oʻralashib qolgan Ronaldu joriy yilda Portugaliya termasida oʻynamaydi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoaning joriy yildagi oʻyinlarida ishtirok etmaydi. Futbolchi Polsha,Italiya va Shotlandiyaga qarshi oʻyinlarni oʻtkazib yuboradi. Bu haqda Associated Press va Sky News xabar tarqatgan.

Bu xabar futbolchi jinsiy zoʻravonlik bilan bogʻliq mojaro girdobida qolgan vaqtda tarqaldi.

Ayni vaqtda 33 yoshda boʻlgan futbolchi Portugaliya terma jamoasining sentyabr oyida Xorvatiya va Italiyaga qarshi kechgan uchrashuvlarida ham qatnashmagandi. Bu uning yangi jamoasi “Yuventus”ga kirishib ketishi zarurati bilan izohlangandi.

Murabbiy uni 11 oktyabr kuni Millatlar Ligasi doirasida Polshaga qarshi oʻyinga va 14 oktyabr kuni Shotlandiyaga qarshi oʻtkaziladigan oʻrtoqlik uchrashuviga chaqirmagan.

Portugaliya nashrlari xabariga koʻra, futbolchi 17 noyabr kuni Italiyaga qarshi va 20 noyabr kuni Polshaga qarshi javob oʻyinlarida ham Portugaliyaga yordam bera olmaydi. Shu tariqa, u 2018 yil davomida Portugaliya uchun boshqa oʻynamaydi.

Portugal jurnalistlari futbolchining terma jamoaga chaqirilmasligini shu kunlarda Las-Vegasda unga qarshi boshlangan tekshiruvlar bilan bogʻlashmoqda.

Sentyabr oyi oxirida amerikalik Ketrin Mayorgi Der Spiegel nashri orqali shov-shuvli chiqish qildi. Uning aytishicha, portugaliyalik futbolchi 2009 yili AQSHga taʼtili vaqtida uni zoʻrlagan. Jurnalistlar ushbu qiz va futbolchi oʻrtasidagi kelishuv haqida yozishdi, unga koʻra, portugaliyalik yulduz qizga jim yurishi uchun 375 ming dollar toʻlagan.

Ayni vaqtda Ronaldu bu ayblovni inkor etmoqda, uning advokatlari esa nashrni maʼnaviy zarar uchun sudga bermoqchi.

Ketrin Mayorgining advokatlari esa matbuot anjumanida oʻz himoyalaridagi shaxs Ronaldudan maʼnaviy zararni qoplash uchun 200 ming dollar talab qilayotganini maʼlum qilishgan. Futbolchida javob qaytarish uchun 20 kun muhlat bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mojaroga oʻralashib qolgan Ronaldu joriy yilda Portugaliya termasida oʻynamaydi