14:15 / 06.10.2018
4 952

Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor vazn oʻlchashdi

Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor vazn oʻlchashdi
Joriy yilning 6 oktyabrdan 7 oktyabr kuniga oʻtar kechasi AQSHning Las-Vegas shahrida “UFC 229” musobaqasi oʻtkaziladi.

Musobaqaning markaziy bahsi yengil vazn toifasida Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor oʻrtasidagi jang boʻladi.

Mazkur jang oldidan har ikkala sportchi vazn oʻlchash marosimida ishtirok etdi. Unga koʻra, rossiyalik Xabib 70,3 kg tosh bosdi. Irlandiyalik Konor esa 70,08 kg vaznda ekani maʼlum boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, shu kuni Xabib Nurmagomedov — Konor Makgregor, Toni Fergyuson — Entoni Pettis, Ovins Sen-Pryu — Dominik Reyes, Aleksandr Volkov — Derrik Lyuis, Mishel Uotterson — Feliz Xerrig oʻrtasida janglar boʻlib oʻtadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor vazn oʻlchashdi