20:00 / 06.10.2018
2 742

Batkenda Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston klublari oʻrtasida “Fargʻona vodiysi kubogi” oʻtkaziladi

Batkenda Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston klublari oʻrtasida “Fargʻona vodiysi kubogi” oʻtkaziladi
Osiyo qitʼasida futbol yildan-yilga jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Borgan sayin qitʼa klublar oʻrtasidagi turnirlari va qolaversa Osiyo kubogi ishtirokchilari geografiyasi kengayib bormoqda. Bu esa Osiyoning barcha mamlakatlarida ham qoʻshni davlatlar futboliga boʻlgan eʼtibor ortishiga xizmat qilmoqda.

Shu oʻrinda joriy yilning 9-11 oktyabr kunlari Qirgʻiziston Respublikasining Batken shahrida qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni sport orqali ham yanada mustahkamlash maqsadida ilk marta “Fargʻona vodiysi kubogi” boʻlib oʻtadi. Unda Tojikistonning “Xoʻjand”, Qirgʻizistonning “Oloy” va Batken viloyati terma jamoasi, shuningdek, Oʻzbekistonning “Neftchi” klublari ishtirok etishadi. Uchrashuvlar Batken shahridagi “Markaziy” stadionda boʻlib oʻtadi. Musobaqada asosiy jamoalar bilan birgalikda shuningdek, ushbu klublarning 12 yoshgacha boʻlgan tarbiyalanuvchilari ham oʻzaro gʻoliblik uchun kurash olib borishadi.

Taʼkidlash joiz, kelasi yillardan anʼanaviy tarzda oʻtkaziluvchi mazkur musobaqada yanada koʻproq ishtirokchilar qatnashishi koʻzda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Batkenda Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston klublari oʻrtasida “Fargʻona vodiysi kubogi” oʻtkaziladi