“Bunyodkor” bilan boʻlib oʻtgan oʻyindagi magʻlubiyatdan soʻng Moʻminjonovning oʻrnini boshqa bir mutaxassis egallashi mumkinligi koʻp bora taʼkidlanmoqda. Pepsi Superliga 25-turi doirasidagi Toshkentda “Bunyodkor”dan (0:2) uchralgan magʻlubiyatdan keyin “Navbahor”ning chempionlik uchun imkoniyatlari keskin pasayib ketdi. Klub rasmiy sayti esa bu borada rasmiy bayonot berdi.
“Qaldirgʻochlar”dan uchralgan magʻlubiyatdan muxlislarning kayfiyati tushib ketganligi bor gap. Har holda jamoa ishqibozlari Toshkentga ijobiy natija ilinjida yoʻl olishgandi. Lekin, natija kutilgandek boʻlmadi. Ayni paytda viloyat futbol assotsiatsiyasi va klub rahbariyati vaziyatni oʻnglash, muxlislarning “Navbahor” jamoasiga boʻlgan mehrini qaytarish ustida ish olib borishmoqda. Barchaga maʼlumki, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozarov jamoani yuqori oʻrinlar uchun kurashishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Aynan viloyat rahbarining saʼy-harakatlari samarasi oʻlaroq, “Navbahor” avvalgi obroʻsini yana tiklashga intilmoqda. Klubda hammasi yaxshi boʻlishi uchun hozir ham bosh qotirilmoqda.
Muxlislarni xotirjam qilgan holda taʼkidlash joizki, “Navbahor” jamoasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berishini aytish mumkin. Bugun “Navbahor” PFKda katta yigʻilish oʻtkaziladi va klubda bir qator yangiliklar roʻy beradi. Bir soʻz bilan aytganda, jamoa muxlislarining ishonchlarini oqlash va ularni xursand qilish uchun “Navbahor” PFK tomonidan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?