08:00 / 07.10.2018
3 003

APL. “Manchester Yunayted” 2 ta gol orqada borayotib, irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi

APL. “Manchester Yunayted” 2 ta gol orqada borayotib, irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi
Angliya Premyer-Ligasi 8-turidan oʻrin olgan bir oʻyin yakunlandi.

“Manchester Yunayted” oʻz maydonida autsayderlardan biri “Nyukasl”ni qabul qildi va 3:2 hisobidagi qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi. Jamoa 1-boʻlimdan soʻng, 0:2 hisobida orqada borayotgandi. Biroq, 2-boʻlimda vaziyatni oʻz tomoniga ogʻdirishga muvaffaq boʻldi.

Bu natijadan soʻng, “MYU” 13 ochko bilan 8-oʻrinda, “Nyukasl” esa 2 ochko bilan 19-oʻrinda bormoqda.

APL, 8-tur

Manchester Yunayted – Nyukasl 3:2


6 oktyabr, “Old Trafford” stadioni
Gollar: 0:1 – 7 Kenedi, 0:2 – 10 Muto, 1:2 – 70 Mata, 2:2 – 76 Marsial, 3:2 – 90 Sanches.

Manchester Yunayted – De Xea, Bayi (Mata, 19), Shou, Yang, Smolling, Maktomini (Fellayni, 46), Matich, Pogba, Marsial, Reshford (Sanches, 67), Lukaku.
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Mankilo, Yedlin, Fernandes, Ritchi, Diame, Shelvi, Kenedi (Merfi, 68), Peres (Xoselu, 88), Muto (Atsu, 78).

Ogohlantirishlar: Shou (45), Ritchi (58), Pogba (63), Diame (69).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. “Manchester Yunayted” 2 ta gol orqada borayotib, irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi