18:57 / 07.10.2018
2 066

UFC Nurmagomedov va Makgregor jangi uchun chiptalar sotuvidan katta foyda koʻrdi

UFC Nurmagomedov va Makgregor jangi uchun chiptalar sotuvidan katta foyda koʻrdi
UFC tashkiloti 7 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida oʻtkazilgan turnir uchun chiptalar sotuvidan 17 million dollar foyda koʻrdi. Bu haqda tashkilot rahbari Deyn Uayt maʼlum qildi.

Bu oqshomning asosiy jangi UFCʻning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor va yengil vazn toifasidagi amaldagi chempion rossiyalik Xabib Nurmagomedov oʻrtasida kechdi.

Kechaning asosiy jangida rossiyalik sportchining qoʻli baland keldi. U toʻrtinchi raundda raqibini boʻgʻish uslubi bilan taslim etdi.

“T-Mobile Arena” arenasida kechgan jangni kuzatish uchun 20 mingdan oshiq ishqiboz tashrif buyurgan.

Nurmagomedov oʻz kamarini 2018 yilning aprelida qoʻlga kiritgan, u ilk marta bu kamarni himoya qilmoqda. U jami 27 marta marta oktagonga chiqqan va barcha jangida gʻalaba qozongan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC Nurmagomedov va Makgregor jangi uchun chiptalar sotuvidan katta foyda koʻrdi