22:18 / 07.10.2018
3 207

“Atletiko” qiyin uchrashuvda gʻalaba qozonib, birinchi oʻringa chiqib oldi

“Atletiko” qiyin uchrashuvda gʻalaba qozonib, birinchi oʻringa chiqib oldi
“Atletiko” Ispaniya chempionatining 8-tur uchrashuvlari doirasida “Betis”ga qarshi oʻynadi. Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida kechgan uchrashuvda maydon egalari kichik hisobda gʻalaba qozonishdi.

Oʻta asabiy ruhda kechgan oʻyinning (hakam 8 marta choʻntagidan sariq kartochka chiqardi) 74-daqiqasida Korrea aniq harakat qilib, maydon egalariga gʻalaba keltirdi.

Bu gʻalaba evaziga “Atletiko” ochkolari sonini 15taga yetkazdi va turnir jadvalida biratoʻla 4 pogʻona yuqorilib, “Sevilya” (13), “Real” (14), “Alaves” (14) va “Barselona”ni ortda qoldirgan holda birinchi oʻringa chiqib oldi. “Barselona” tur doirasidagi uchrashuvini endi oʻynaydi, “Valensiya”ga qarshi kechadigan oʻyin natijasiga koʻra, “Atletiko” birinchi oʻrindan tushib ketishi mumkin.

Ispaniya chempionati
8-tur

Atletiko – Betis 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 74 Korrea.

Atletiko – Oblak, Godin, Filipe Luis, Xuanfran (Aryas, 74), Lyuka Ernandes, Koke, Saul, Rodri Ernandes, Lemar (Korrea, 57), Grizmann, Kalinich (Parti, 66).
Betis – Lopes, Bartra, Sidney, Firpo, Mandi, Kanales, Gerrero (Sanabriya, 81), Sanches (Telo, 66), Guardado (Vilyam Karvalyu, 17), Lo Chelso, Moron.
Ogohlantirishlar: Firpo (41), Xuanfran (47), Godin (58), Filipe Luis (77), Saul (78), Bartra (85), Lyuka Ernandes (88), Moron (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Atletiko” qiyin uchrashuvda gʻalaba qozonib, birinchi oʻringa chiqib oldi