10:18 / 08.10.2018
4 232

Dahshat! 19 yoshli Mbappe 13 daqiqa ichida “Lion” darvozasiga 4 ta gol urdi

Dahshat! 19 yoshli Mbappe 13 daqiqa ichida “Lion” darvozasiga 4 ta gol urdi
Fransiya chempionatining 9-turidan oʻrin olgan “PSJ” – “Lion” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Park de Prens” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda maydon egalari yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritdilar.

9-daqiqada Neymar penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochdi. Tanaffusga qadar ikkala jamoada ham bittadan oʻyinchi qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Ikkinchi boʻlim oʻrtalariga kelib Kilian Mbappe 13-14 daqiqa ichida toʻrtta gol urib jamoasining yirik gʻalabasini taʼminladi.

Shu tariqa, “PSJ” Liga 1 musobaqasidagi gʻalabali yurishini davom ettiradigan boʻldi.

Liga 1, 9-tur

PSJ – Lion 5:0 (1:0, 4:0)
Gollar:
1:0 – 9, penalti Neymar, 2:0 – 61 Mbappe, 3:0 – 66 Mbappe, 4:0 – 69 Mbappe, 5:0 – 74 Mbappe.

PSJ – Buffon, Tiago Silva, Markinos, Bernat, Kimpembe, Di Mariya (Diabi, 83), Verratti (Draksler, 75), Menye, Neymar, Kavani (Kerer, 40), Mbappe.
Lion – Antoni Lopesh, Denayer, Mendi, Rafael (Dyubua, 41), Morel, Traore, Tuzar, Depay, Auar, Fekir (Korne, 7; Diop, 78), Ndombele.

Ogohlantirishlar: Tuzar (26), Neymar (38), Verratti (44), Auar (59), Morel (64).
Chetlatishlar: Kimpembe (32), Tuzar (45).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dahshat! 19 yoshli Mbappe 13 daqiqa ichida “Lion” darvozasiga 4 ta gol urdi