23:30 / 08.10.2018
2 735

Xabib Nurmagomedovning “Instagram”dagi obunachilari soni bir sutkada 3,7 millionga koʻpaydi (foto)

Хабиб Нурмагомедовнинг "Инстаграм"даги обуначилари сони бир суткада 3,7 миллионга кўпайди (фото)
UFC chempioni Habib Nurmagomedovning “Instagram”dagi obunachilari soni keskin oshib ketdi. Irlandiyalik Konor Makgregor ustidan qozongan gʻalabasidan soʻng uning obunachilari soni 10,1 millionga yetdi. Bundan oldin bu raqam 6,8 million kishini tashkil etayotgandi.

Jangdan keyin Habib akkauntiga joylagan otasi bilan togʻda tushgan surati esa 3,7 milliondan ortiq layk toʻplagan.

Nurmagomedovning “Instagram”dagi eng mashhur rossiyalik sportchilar reytingidagi oʻrni yanada mustahkamlandi. Undan keyingi oʻrinda 3,3 mln obunachi bilan tennischi Mariya Sharapova bormoqda. Uchinchi oʻrinda xokkeychi Aleksandr Ovechkin (1,3 mln obunachi) joylashgan.

Eslatib oʻtamiz, 7 oktyabr kuni Las-Vegasda UFCʻning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor va tashkilotning yengil vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov oʻrtasida UFC 229 musobaqasi doirasida kechgan jangda rossiyalik sportchi gʻalaba qozondi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabib Nurmagomedovning “Instagram”dagi obunachilari soni bir sutkada 3,7 millionga koʻpaydi (foto)