08:53 / 09.10.2018
2 181

“Real” va “Barselona”ga nima boʻlmoqda? (foto)

"Реал" ва "Барселона"га нима бўлмоқда? (фото)
Soʻnggi oylarda “qirollik klubi” va Kataloniyaning bosh jamoasi oʻrtasida haqiqiy “raqobat” boshlanib ketdi.

Eng qizigʻi ayni paytda, bir vaqtning oʻzida eng baxtli va eng baxtsiz insonlar – bu soʻzsiz Xulen Lopetegi va Ernesto Valverdelar boʻlsa kerak.

Ularning baxtsizligi shundaki, ular shu qadar yomon natija koʻrsatmoqdaki, autsayderlar bilan oʻyinda misqoʻllab ochko yigayotgan boʻlsa, ularning baxti –azaliy raqobatchi jamoasi, ulardan yaxshi oʻyin koʻrsatayotgani yoʻq.

Keling dastlab “Real” va Lopetegi haqida toʻxtalsak.

1.“Real” murabbiy tayinlashda oʻz muvaffaqiyatli yoʻlidan chekindi. Odatda soʻngi yillarda “Reald”a muvaffaqiyatli ishlagan Joze Mourino, Karlo Anchelotti va ularning davomchisi Zinedin Zidan qarshi hujumni xush koʻruvchi va futbolda katta “nom”ga ega murabbiylar edi, lekin Lopetegi asosan toʻp nazoratiga eʼtibor qaratuvchi, Ispaniya termasidan boshqa jiddiy jamoada ishlamagan murabbiy edi.

2. Yangi davr boshlash uchun hech qanday qadam qoʻyilmadi. Jamoani asosiy yulduzi – Krishtianu Ronaldudan tashqari Mateo Kovachich, Teo Ernandes va Ashraf Xakimi singari futbolchilar tark etdi, Ularning oʻrniga esa Vinisus Junior, Alvaro Odriosola va Federiko Valverdelar “topib kelindi”.

Qiziq, “Real” dunyodagi eng kuchli yulduzlar toʻp suradigan grand klubmi yoki oʻrtamiyona va yosh futbolchilarni tarbiyalab beradigan klubmi? Bu yerda murabbiy qatʼiyatliligi, qaror qilishda oʻz pozitsiyasini koʻrsatishi lozim edi. Bundan kelib chiqadiki, Lopetegi yo katta klubni boshqarish uchun hali toʻliq tayyor emas, yoki butun dunyoga yulduz boʻlmagan yoshlar bilan qanaqadir syurpriz qilmoqchi boʻldi, yoki...

3. Lopetegida ayni paytdagi jiddiy muammo – jarohatlar, kadrlar muammoasi, yaʼni zaxiraning yoʻqligi. Buning yechimi esa Lopetegiga imkoniyat berib, keyingi transfer oynasi vaqtida jiddiy haridni koʻzlab sabr qilish, yoki yangi murabbiy olib kelish orqali keskin chora koʻrishdan iborat. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor, bu biroz shoshqaloqlik bilan chiqarilgan qaror boʻlishi ham mumkin. Chunki mavsum endigina boshlandi va boshqa murabbiy ham birdan jiddiy oʻzgarish qila olmasligi mumkin.

Masalan, Antonio Konte jamoa uchun tezkor qarshi hujum, qanotdan havoda toʻp oshirishlari va uslub nuqtasidan “Real”ga mos keladi, lekin uchta markaziy himoyachi bilan oʻynash sinovi Zidanda muvaffaqiyatsiz chiqqan, shuningdek Kazemero – Isko – Asensiolardan faqat birini tanlash varianti qoladi.

“Barselona”da esa muammo bundanda jiddiy. Tarkib ajoyib, zaxira ajoyib, lekin jamoani qaysidir elementlari nosoz. Qaysidir futbolchilar yaxshi jismoniy holatda emas. Shuningdek himoyalanish va hujumga oʻtishda qandaydir boʻshliq mavjud. Bu muammolarni yechish Valverde uchun ogʻirlik qilmoqda. Koʻrinishidan “Barselona”da murabbiy almashtirish varianti yoʻq hozircha.

Birinchidan, ayni paytda Valverde oʻrnini egallaydigan munosib nomzod topish oson emas va jamoa rahbariyatidan bunday keskin qaror kutish ham qiyin.

Ikkinchidan “Barselona”da oʻyin qahramoni va antiqahramonlari sifatida futbolchilarni koʻrsatish osonroq va toʻgʻriroq boʻladi. Bu haqda kelgusi safar bafurja yozamiz...
Shahzod Xolboyev

Manba: sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” va “Barselona”ga nima boʻlmoqda? (foto)