Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo oʻyinlari davom etmoqda. Oʻyinlarning toʻrtinchi kuni ham hamyurtlarimiz uchun omadli keldi. Bugun sportchilarimiz tomonidan 15 ta medal qoʻlga kiritildi. Ularning 7 tasi oltin, 3 tasi kumush va 5 tasi bronza medallaridir.
Bugungi sovrindorlarimiz roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:
Oltin:
Vasila Aliboyeva (dzyudo)
Shirin Sharipov (dzyudo)
Temurbek Giyazov (yengil atletika)
Bobirjon Omonov (yengil atletika)
Mansur Abdirashidov (yengil atletika)
Firdavsbek Musabekov (suzish)
Fotimaxon Amilova (suzish
Kumush:
Shuhrat Boboyev (dzyudo)
Shohsanamxon Toshpoʻlatova (suzish)
Mohigul Hamdamova (yengil atletika)
Bronza:
Sharif Halilov (dzyudo)
Feruzaxon Yusupova (dzyudo)
Sabina Suxanova (yengil atletika)
Islam Aslanov (suzish)
Nigoraxon Mirzohidova (suzish)
Shu tariqa, oʻyinlarning toʻrtinchi kunidan soʻng hisobimizdagi medallar soni 47 taga yetdi. Vakillarimiz tomonidan shu kungacha 25 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medallari qoʻlga kiritilgan. Medallar jamgʻarish boʻyicha umumjamoa xisobida Xitoy, Janubiy Koreya va Erondan soʻng toʻrtinchi oʻrinni egallab turibmiz.
Qayd etish lozimki, ushbu natijalar orqali Oʻzbekiston Paraosiyo oʻyinlaridagi rekordni yangiladi. Toʻrt yil avval Incheonda oʻtkazilgan Paraosiyo oʻyinlarida sportchilarimiz 22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan edilar. Hali oʻyinlar yakunlanishiga ikki kun borligini inobatga oladigan boʻlsak, bu koʻrsatkich yanada yaxshilanishi aniq.
Milliy olimpiya qoʻmitasi ushbu muvaffaqiyat bilan Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasini muborakbod etadi.
Manba: olympic.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»